Eshitdik-da! FIFA “Bunyodkor”ga ilk sankciyani qo’lladi

29.03.2024

“Bunyodkor” futbol klubi Rivaldo oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida bajarmagani uchun jazolandi.
Malumotlarga qaraganda, bu ish yuzasidan “Bunyodkor” pochtasiga xabar kelib tushgan.

FIFA Tartib-intizom qo’mitasining 2024 yil 26 martdagi xatida klubga nisbatan xalqaro darajada yangi futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazishga taqiq qo’yilgan. SHuningdek, milliy darajada yangi futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazish ham taqiqlangan.

FIFA Tartib-intizom qo’mitasining qaroridagi taqiq klubning asosiy va yoshlar jamoalarini qamrab oladi.

Eslatib o’tamiz, FIFA tartib-intizom qo’mitasi “Bunyodkor” klubi va jamoaning sobiq o’yinchilari Rivaldo hamda Denilson o’rtasida uzoq davom etayotgan moliyaviy tortishuv bo’yicha qaror qabul qilib bo’lgan. Unga ko’ra klub futbolchilarga deyarli 10 mln evro to’lab berishi lozim. Agar “Bunyodkor” majburiyatni bajarmasa, FIFA tomonidan navbatdagi sankciya bu ochkolar olib tashlanishi bo’ladi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Mash'al2652
2Buxoro2649
3QO'QON-19122642
4Sho'rtan2637
5Aral2635
6Xorazm2628
7Olimpik Mobiuz2621
8Do'stlik2617
U-21 биринчилиги
#КлубЎО