MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN TADBIR

29.03.2024

 

Yoshlarni xususan umumta’lim maktab o‘quvchilarini futbolga keng jalb qilish, ular orasidan iqtidorli yoshlarni saralash maqsadida viloyat futbol assotsiatsiyasi “Neftchi” futbol klubi bilan hamkorlikda bir guruh farg‘onalik maktab o‘quvchilari ishtirokida futbol festivali tashkil etdi. Futbol festivalida Farg‘ona shahridagi 2, 4, 9, 10, 16, 25, 45-umumta’lim maktablari va Toshloq tumanidagi 3-umumta’lim maktabi o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar “Neftchi” futbolchilari bilan birgalikda “Istiqlol” markaziy stadionida bo‘lishdi va stadiondagi futbolchilar va muxlislar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Festival davomida maktab o‘quvchilari futbolchilar bilan samimiy suxbatlashdilar, ular bilan birga esdalik uchun suratga tushdilar. Shuningdek bolajaonlar futbol maydoni, muxlislar va murabbiylar shtabi o‘rindiqlari hamda VIP sektordan stadionni tomosha qilish orqali o‘zgacha zavq olishdi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО