Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Muhsin Nizomiddinov: “Har qanday sirni oshkor qilib boʻlmaydi”
the_title()

17.05.2024

Pro liga 8-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” — “Mashʼal” uchrashuvi (3:2)dan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– Oʻyin haqida…

– Avvalambor Qoʻqondan kelib, bizni qoʻllab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. “Shoʻrtan”ga qarshi oʻyindan keyin bir hafta vaqtimiz bor edi. Shu davrda raqibni oʻrgandik. Xudoga shukr, oʻylagan maqsadimizga yetdik.

– Jamoa oʻyini bir maromda oʻtmayapti. Keyingi oʻyinlarda Turdialiyev, Mahmudjonov kabi futbolchilarni sinab koʻrsa boʻlmaydimi?

– Futbolda har narsa boʻlishi mumkin. Oʻyinchida bosim yuzaga kelish holati mavjud. Bosim ostida toʻp tepish oson emas. Yoshlarga kelsak, ularga ham imkoniyat beramiz. Maqsadimiz ham shundan iborat. Sezgan boʻlsangiz, oʻtgan yilga qaraganda ancha yoshardik. Albatta, yoshlarning ham sifatlisi bilan ishlash kerak. Siz aytgan yigitlarni ham kuzatib boryapman, ularga ham imkon beramiz.

– Jamoa futbolchilarida gol urgach, susayish holati yuzaga kelmoqda, bunga sabab nima?

– Har qanday sirni oshkor qilib boʻlmaydi. Oʻtgan oʻyindan keyin ham “Sizda bosim yoʻqmi?” deb savol berishgandim. Bosim yoʻq. Biz tanlagan taktikada raqibga boʻsh zona qoldirmasligimiz lozim edi. Raqibga toʻp nazorati uchun imkon berdik. Asosiy maqsadimiz standart edi, bundan unumli foydalandik.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1838
2Mash'al1835
3Sho'rtan1931
4Aral1928
5QO'QON019121927
6Xorazm1918
7Olimpik Mobiuz1915
8Do'stlik1911
U-21 биринчилиги
#КлубЎО