Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Biz uchun juda muhim bo’lgan uchrashuvda muhim g’alabani qo’lga kiritdik
the_title()

09.08.2024

Pro liganing 15-turida jamoamiz turnirdagi asosiy raqiblarimizdan biri “Mash’al” mehmoni bo’ldi. Ushbu bahs biz uchun har tomonlama muhim edi. Sababi bir nechta turdagi omadsizliklardan so’ng bizga g’alaba suv va havodek zarur bo’lgan bo’lsa, g’alaba orqali asosiy raqiblarimizdan biriga yaqinlashib olishimiz mumkin edi.

Uchrashuv boshidan – oxiriga qadar jamoalar shiddatli futbol namoyish etishdi. Bahsning birinchi bo’limida har ikki tomonda bir nechta imkoniyat bo’lishiga qaramasdan hisob ochilmadi. Ikkinchi bo’limning 23 daqiqasida esa katta sahnaga jamoamizga yozda kelib qo’shilgan Egor Kondratiuk chiqdi. Legionerimiz boshi bilan raqib darvozasini aniq nishonga oldi va hisobni ochdi. Ushbu gol uchrashuvdagi yagonaligicha qoldi va “QO’QON-1912” jamoasi Muborakda o’ta muhim uchrashuvda g’alaba qozondi.

Kechagi uchrashuvda jamoamiz safiga yozda kelib qo’shilgan futbolchilarning harakatlarini olqishlab qo’yish lozim. Sababi barcha futbolchilar kecha “Qo’qon-1912” logosi va nomi uchun qattiq harakat qilishdi va g’alaba o’z hissalarini qo’shishdi.

Endi jamoamiz Pro liganing navbatdagi turida musobaqa yetakchisi “Buxoro”ga qarshi bahs olib boradi. Bo’lajak uchrashuv 15-avgust kuni “Istiqlol” stadionida bo’lib o’tadi. Bo’lajak bahsga barcha “Qo’qon-1912” jamoasiga befarq bo’lmagan muhlislarni taklif qilib qolamiz.

Umid qilamizki, muxlislarimiz bilan birgalikda bo’lajak uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko’rib, “Buxoro” jamoasini taslim etamiz.

Bizning maqsad – SUPERLIGA va umid qilamizki, biz buni siz muxlislar bilan birga qo’lga kiritamiz. OLG’A QO’QON-1912!

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1838
2Mash'al1835
3Sho'rtan1931
4Aral1928
5QO'QON019121927
6Xorazm1918
7Olimpik Mobiuz1915
8Do'stlik1911
U-21 биринчилиги
#КлубЎО