Shu kunlar ham keldi: Angliya terma jamoasida “Manchester Yunayted” futbolchisi yo‘q

11.10.2024

48 yil ichida birinchi marta Angliya terma jamoasida birorta ham “Manchester Yunayted” futbolchisi ko‘rinmayapti.
Bunday voqea oxirgi marta 1976 yilda sodir bo‘lgan. Bu ichki maydonda og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazayotgan jamoaning bugungi holatidan, shuningdek, ingliz futbolchilari o‘rtasidagi raqobat yuqoriligidan dalolat beradi.

Ilgari “Manchester Yunayted” an’anaviy tarzda terma jamoaga asosiy futbolchilarni yetkazib berardi. Devid Bekxem, Ueyn Runi, Rio Ferdinand va boshqa nomdor shaxslar o‘tgan yillar davomida terma jamoa uchun muhim futbolchi bo‘lib kelgan. Endilikda terma jamoa bosh murabbiyi Li Karsli boshqa klub futbolchilariga ishonishni ma’qul ko‘rdi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Xorazm26
2OKMK26
3Navbahor24
4Bunyodkor24
5Dinamo24
6Nasaf24
7Buxoro23
8Qizilqum23
9Neftchi22
10Andijon22
11Qo'qon-191222
12Paxtakor10
13Mash'al10
14Sho'rtan20
U-21 биринчилиги
#КлубЎО