Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
“Sport express” nashri “Qo’qon-1912” jamoasi stadioniga tashrif buyurdi
the_title()

02.11.2024

Bugun yurtimizning nufuzli nashrlaridan biri “Sport express” “Qo’qon-1912” jamoasining uyiga tashrif buyurdi va jamoamiz rahbari Akramjon Mamadaliyev bilan qiziqarli suhbat olib bordi.

Akramjon MAMADALIYEV ( Qoʻqon- 1912 klubi bosh direktori):- Qoʻqondagi markaziy stadion PFL talablariga javob bermasdi. Musobaqa oʻtkazuvchi tashkilotning klublar va stadionlarga qoʻyayotgan talablari, albatta foydamizga hizmat qiladi. Buning natijasida mamlakatimizdagi koʻplab sport arenalarari taʼmirlandi, taʼmirlanmoqda. Osiyo miqyosida olsak, bu borada jiddiy siljishga erishmoqdamiz. Sifatli maydonlar futbolning jozibadorligini oshiradi. Oʻtgan yilning 20-dekabrida stadion maydoni yopilib, ishga kirishildi. Avvalgi chimi koʻchirilib, 2- BOʻSMga qarashli, oʻrinbosarlar jamoamiz toʻp suradigan maydonlarga yotqizildi. Drenaj, sugʻorish tizimlari soʻngi texnologiyalardan foydalangan holda qilindi. Mart oylarida AQSHdan keltirilgan urugʻlar sepib chiqildi. Yozgi obi- havoning oʻta issiq kelishi, chimning holatiga ham taʼsirini oʻtkazib, tayyor boʻlish muddati biroz choʻzildi. Oktyabr oyining oʻrtalariga tayyor boʻldi. Sinab koʻrish uchun jamoa aʼzolari ikki bor mashgʻulot oʻtkazishdi. Tavakkal qilmayapmiz va ochilishi keyingi mavsumga qolmoqda.
Akramjon MAMADALIYEV:- Stadion yoritqichlari ham talabga javob bermasdi. Yoritish tizimini oʻtgan yili toʻliq yangilagandik. Filipps bilan shartnoma tuzib, chiroqlari olib kelinib, oʻrnatildi. Mutaxassislarning dastlabki xulosasiga koʻra muammo boʻlmasligi kerak edi. Lekin uzoqqa chidamay, yer osti va usti kabellarini toʻliq almashtirildi. Ikkita TPimiz yuklamalarni koʻtara olmay qoldi. Ularni kuchlirogʻiga almashtirdik. 1500 lyuksga yetkazildi. Yana 36 ta qoʻshimcha lampochka qoʻyildi. PFL mutaxassislari sinovdan oʻtkazishsa, qancha lyuksga yetganini aniqlashtirib olamiz. Barchasi Qoʻqon futbolining ertasi oʻylangan holda amalga oshirilmoqda. Xalqaro talablarga javob beradigan infratuzilma barpo etilmoqda. Jamoaga yulduz futbolchilarni olib kelib, katta mablagʻlarni yoʻnaltirib, vaqtinchalik natijalarga erishsa ham boʻladi. Ammo ertani oʻylab, infratuzilma haqida bosh qotirishimiz, eng toʻgʻri yoʻldir. Superligaga chiqib, oʻz maydonimiz talabga javob bermay, ertaga yana Fargʻona shahri yoki Yaypanga borib uy oʻyinlarini oʻtkazishimiz, notoʻgʻri boʻlardi.
Markaziy stadion maydonining yaroqsiz holatga kelib qolishi sababi, deya oʻz soʻzlarini davom ettirdi Akromjon MAMADALIYEV, yuklamalarning koʻpligi bilan bogʻliqdir. Jamoaning mashgʻulotlari ham shu stadionda oʻtardi. Vaziyatni tartibga solish uchun stadionga tutash hududdan tashlandiq holdagi yer opib, maydon barpo etishga kirishildi. Bu oʻrinda shahrimiz hokimi Maʼrufjon Aʼzamovning katta yordamiga tayanildi. Asosiyniki bilan parallel ravishda mashgʻulot maydonini tayyorlashga eʼtibor qaratildi. Endilikda asosiysidan faqat rasmiy oʻyinlar mahalida foydalaniladi. Har yili yangi mavsum boshlanishi arafasida ishqibozlar bilan jamoaning uchrashuvi tashkil etiladi. Superligaga qaytish uchun kurash olib borishimizni aytganmiz. Hozirgi vaziyatda ham 2- oʻrin uchun oxirigacha kurashamiz. Biroq Buxoroning imkoniyati yaxshiroq. Baribir, oʻtish turniri orqali boʻlsada, vazifani uddalash yoʻlida jiddiy harakat qilinadi. Moliyaviy holatga toʻxtalsak, yuqorida taʼkidlaganimdek, mablagʻlarni infratuzilmani tartibga keltirish yoʻlida ham sarflayapmiz

AAkramjon MAMADALIYEV:- Futbol katta mablagʻ talab qiladigan sport turi. Xususiy klubmiz va davlat byudjetidan pul olinmaydi. Baribir shahar hokimi Maʼrufjon Aʼzamovich yordamini ayamayaptilar. Stadion qurilishi ishlarida texnikalar ajratilmoqda. Moddiy tomondan qarzdorlik yoʻq. Murabbiy va futbolchilar maosh va mukofot pullarini vaqtida olishmoqda. Hali amalga oshiriladigan ishlar bisyor. Keyinchalik stadionning sharqiy tribunasi ham qayta quriladi. Munosib sharoitlar yaratib, infratuzilma borasidagi ishlarni davom ettiraveramiz. Xalqaro miqyosdagi talablarga javob berishi, bosh maqsadimiz. Chunki, ertaga yuqri darajaga chiqilsa, shoshib qolinmaydi. Jamoa shakllanishi barobarida, qulayliklar ham asosiy oʻringa chiqadi. Yana bir gap. Futbolchilarga yirik miqdorda maosh toʻlab, vaqtinchalik natija ketidan quvish, Qoʻqon- 1912 klubining falsafasi emas. Oʻzimizning yoshlarga jiddiy eʼtibor qaratib, bosqichma- bosqich bu borada ham tartib oʻrnatiladi. Uch nafar legionerimiz bor. Ularning maoshi, mahalliy futbolchilarnikidan baland emas.
@footbalekspress1

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Mash'al2856
2Buxoro2852
3QO'QON-19122846
4Sho'rtan2841
5Aral2838
6Xorazm2829
7Olimpik Mobiuz2824
8Do'stlik2817
U-21 биринчилиги
#КлубЎО