13.03.2025
Bugun yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimi boshlandi. Tadbirni Qo’qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov boshlab berdilar.
Qo’qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov “Qo’qon-1912” jamoasidagi o’zgarishlar, tarkib va murabbiylar haqida fikr bildirar ekanlar, bo’lajak mavsumda jamoamizdan katta narsa kutayotganlarini ma’lum qildilar.
Yaxshi natijalar erishishda Qo’qon shahar hokimligi maksimal yordam berishlarini ta’kidladilar.
Shuningdek, Ma’rufjon Azamovich O’zbekiston bo’layotgan islohotlar, futbolga berilayotgan e’tibor haqida alohida fikr bildirdilar.
Jamoamiz prezidenti Akramjon Mamadaliyev yil davomida “Markaziy” stadionda olib borilayotgan ishlar haqida qisqacha video rolik taqdim etdilar
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, yil davomida “Markaziy” stadion to’liq rekonstruksiya qilindi. Stadionimiz OFK talablariga javob beradigan darajaga keltirildi. Shuningdek, stadion oldida mashg’ulotlar uchun ideal maydon ham qurib, bitkazildi.
Endi jamoamiz prezidenti Akramjon Mamadaliyev so’zga chiqib, birinchi navbatda Qo’qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonovga minnatdorchilik bildirib o’tdilar.
Jamoamiz rahbari yangi mavsum oldidan “Qo’qon-1912″dagi o’zgarishlar, yangilangan tarkib va “Markaziy” stadionda olib borilayotgan ishlar haqida fikr bildirdilar.
Xususan, stadionning yoritish tizimi 2000 luksga chiqarilganini, yugurish yo’lakchasi sun’iy chim yoritilgani haqida fikr bildirdilar. Bu ishlar orqali stadion O’zPFL talablariga javob beradigan darajaga yetkazilganini ma’lum qildilar.
Shundan soʻng jamoamizning mavsum oldi tashkil etilgan yig’inlar haqida fikr bildirdilar.
“Qo’qon-1912” rahbari Akramjon Mamadaliyev jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Haydarov va uning jamoasiga ishonishlarini va yangi mavsumda ham muxlisbop o’yin ko’rsatishlarini tilab qoldilar.
Shuningdek, jamoamiz rahbari yangi futbolchilar haqida fikr bildirar ekanlar, yangi mavsumdan ulardan ko’ngli to’q ekanligini ma’lum qildilar.
“Qo’qon-1912” rahbariyati Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonovga jamoamizning10-raqamli libosini sovg’a qildilar.
Keyin tarkibimizga yangi kelib qo’shilgan futbolchilarni tanishtirish marosimi boshlandi.
Rustam Nartadjiyev 1-raqam
Jasurbek Yoqubov 5-raqam
Alisher Salimov 6-raqam
Mirziyod Mirodilov 2-raqam
Shahzod Akramov 19-raqam
Muhammadanas Hasanov 22-raqam
Alisher Xayrullayev 17-raqam
Ahmed Kobena 71-raqam
Baxtiyor Qosimov 8-raqam
Jasurbek Xolto’rayev 14-raqam
Ayyubxon Muxtorov 33-raqam
Keyin jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Haydarov so’zga chiqib, mavsumda olib borilgan ishlar, yangi mavsum oldidan rejalar haqida fikr bildirdilar. Ular yangi mavsum oldidan tayyorgarlik yaxshi olib borilganini ma’lum qildilar. Yangi mavsum oldidan tayyorgarliklarni yaxshi olib borishda ko’mak bergan shahrimiz hokimi va jamoamiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o’tdilar.
Yangi mavsumda jamoa yaxshi natijalar erishish uchun maksimal harakat qilishlarini. Muxlislarni doim xursand qilish uchun o’ynashlarini ta’kidladilar.
Jamoa tarkibidagi o’zgarishlar haqida fikr bildirar ekanlar, yangi mavsumda jamoadan ko’ngli to’q ekanligini. “Qo’qon-1912” yangi mavsumda hech kimdan hayiqmaydigan jamoa yeg’ilganini ta’kidladilar.
So’z yakunida jamoamiz bosh murabbiyi barchaga minnatdorchilik bildirib o’tdilar va yangi mavsumda birgalikda SUPERLIGAda yaxshi natijalarga erishishni maqsad qilganliklarini ma’lum qildilar.
Muxlislar bo’lajak mavsumda jamoamiz bilan doim birga bo’lishlarini, jamoamizga yaxshi sharoitlar yaratib berayotgan shahrimiz hokimi Ma’rufjon Azamovichga o’z min
natdorchiliklarini bildirib o’tishdi. Har qanday holatda ham muxlislar jamoamiz bilan birgalikda bo’lishlarini ma’lum qilishdi.
Tadbir yakunida jamoamiz rahbari Akramjon Mamadaliyev barchaga omad tiladilar
Shu tariqa, yangi mavsum oldidan tashkil etilgan tanishtiruv marosimi yakunlandi