Andro Giorgadze: “Superligada har bir xato jamoaga qimmatga tushishi mumkin”
the_title()

24.03.2025

Superligada debyut uchrashuvida gol urgan, dastlabki ikki turda himoyada Asliddin Toshtemirov bilan ajoyib tandem hosil qilgan Andro Giorgadze mavsumga tayyorgarlik, Superliganing darajasi va boʻlajak bahs haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“Qoʻqon-1912” jamoasi yangi mavsumga qanday tayyorgarlik koʻrdi?

Mavsumga ancha yaxshi tayyorgarlik koʻrdik deb oʻylayman. Bir nechta oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Jamoa har tomonlama yaxshi yigʻin oʻtkazdi deb oʻylayman. Yangi mavsumga yaxshi natija koʻrsatishni maqsad qilganmiz. Umid qilamanki, yana bir nechta turdan soʻng jamoa ancha shakllangan holda boʻladi va biz yanada yaxshiroq oʻyin koʻrsatamiz. Menimcha, mavsum biz uchun yaxshi oʻtadi.

Superliganing dastlabki ikki turi ortda qoldi. Superliga va Proliga darajalari oʻrtasidagi farq qanday ekan?

Superliganing darajasi Proliganikidan ancha balandroq. Bu yerda jamoalar ancha tez harakat qilishadi. Superligada har bir xato jamoaga qimmatga tushishi mumkin. Shuning uchun, har bir uchrashuvda bahs yakuniga qadar diqqatni yoʻqotmaslik kerak. Hech bir bahs oʻtkinchi boʻlmaydi, har bir uchrashuvda maksimal tayyorgarlik koʻrish kerak. Superliga umuman boshqa daraja ekan.

Debyut uchrashuvdagi golingiz haqida…

Bu juda yoqimli his tuygʻu boʻldi. Men doim jamoaga yordam berishga intilaman. Ushbu bahsda golim bilan jamoaga yordam bera olganimdan xursandman. Bundan keyin ham har bir uchrashuvda jamoaga yordam berish uchun harakat qilaman. Superligada yana gol urib, jamoamning gʻalabasiga hissa qoʻshishni istayman.

Ushbu mavsum uchun umumiy rejalaringiz qanday? Oʻz oldingizga qanday maqsadlar qoʻygansiz?

Asosiy maqsadim uchrashuvlarda maksimal harakat qilish, “Qoʻqon-1912” jamoasiga har bir uchrashuvda yordam berish. Turdan turga oʻsishni istayman. Shuningdek, mavsum davomida koʻproq gol urib, jamoaga yordam berishni maqsad qilganman. “Qoʻqon-1912” jamoasi faqat olgʻa intilishini va koʻplab gʻalabalarni qoʻlga kiritishini istayman. Yil davomida muxlislarga yoqadigan oʻyin koʻrsatib, yaqin yillar ichida “Qoʻqon-1912” jamoasi sovrinli oʻrinlarga kurashadigan jamoa boʻlishini xohlayman.

Boʻlajak uchrashuv haqida…

“Shoʻrtan”ga qarshi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqdamiz. Boʻlajak bahsda gʻalaba qozonib, muxlislarni xursand qilishni maqsad qilganmiz. Muxlislarimizga alohida rahmat aytaman. Ular dastlabki ikki turda bizni ajoyib tarzda qoʻllab turishdi. Ularning qoʻllab turishlari bizni yanada kuchliroq oʻyin koʻrsatishimizga undashmoqda. “Shoʻrtan”ga qarshi uchrashuvda ham ularni “Markaziy” stadionni toʻldirib turishlarini istab qolardim.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Xorazm26
2OKMK26
3Navbahor24
4Bunyodkor24
5Dinamo24
6Nasaf24
7Buxoro23
8Qizilqum23
9Neftchi22
10Andijon22
11Qo'qon-191222
12Paxtakor10
13Mash'al10
14Sho'rtan20
U-21 биринчилиги
#КлубЎО