Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
“Turon” ustozi Denis Bushuev: “Birinchi bo’limda munosib harakat qilgandik. Ikkinchi bo’limda esa hech nima o’xshamadi”

24.04.2023

Coca Cola Superligasining 7-turi doirasidagi “Turon” – “Navbahor” (0:2) bahsidan so’ng mezbonlar bosh murabbiyi Denis Bushuev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O’yin haqida

– Hammaga salom. O’yinga kelsak, men uchun alamli mag’lubiyat. Birinchi bo’limda munosib harakat qilgandik. Ikkinchi bo’limda hech nima o’xshamadi. Golga olib keladigan xatolar qildik. “Navbahor” kabi kuchli jamoa bunaqa xatolarni kechirmaydi. Bunday xavoda o’yinga qaytish qiyin bo’ldi. Vaziyatlar bo’ldi. Keyingi turda umuman boshqacha o’yin ko’rsatamiz.

– O’zbek futboli haqida sizda malumot bo’lganmidi? “Paxtakor”, “Navbahor” va “Neftchi” klublari Sobiq ittifoq birinchiligida ham ishtirok etishgan…

– Menga kerak bo’lgan barcha malumotlarni olganman. O’zbek futboli haqidagi barcha malumotlar menda bor. Biror mamlakatga borganingizda albatta o’sha davlat madaniyati, ananalarini o’rganishingiz kerak.

– O’zbek futbolchilaridan aynan kimlarni bilasiz? Masalan, Mirjalol Qosimov…

– Albatta, Mirjalol Qosimov. O’zbek futboli afsonasi. Uni hamma taniydi. Televizor orqali o’yinlarini ko’rganmiz. Hozir kimnidir sanamasdan ularni hafa qilish niyatim yo’q. O’zbekistondan juda ko’p kuchli futbolchilar chiqqan.

– Nima uchun bugungi o’yinni sof hujumchisiz boshladingiz?

– Afsuski, o’yin oldidan hujumchimiz mashg’ulot payti jarohat oldi. Biz 10 daqiqa ichida qaror chiqarishimiz kerak edi. Biz to’pni egallashga harakat qildik. Bu faqatgina bir o’yin, yashashda va harakat qilishda davom etamiz. Keyingi o’yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

– Jamoani endi qabul qilib oldingiz. Tarkibdan ko’nglingiz qanchalik to’ldi va yozgi transferlar paytida jamoada katta o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkinmi?

– Hozir tarkib haqida gapirmoqdamiz. Men kelganda transferlar oynasi yopiq edi. Bizda jamoa bor, men ularga ishonaman. Ular natija ko’rsata olishadi va muxlislarni xursand qilishadi.

– Abega Enyang o’tgan o’yinda maydonga tushib gol urgandi. Nega u bugun maydonga tushirilmadi?

– Kelinglar, hozir maydonda o’ynamagan futbolchi haqida gapirmaydik. Har bir futbolchini o’z kuchli tomonlari bor. Biz aynan bugungi tarkibni tanladik va ularga ishonch bildirdik.

– Superliganing darajasini qanday baholaysiz?

– Men nafaqat chempionat, balki yoshlar terma jamoasining o’yinlarini ham ko’rdim va yaxshi manoda xayron qoldim. Ularning darajasi boshqa davlatlarga qaraganda ham ancha yuqori. Aytishim mumkinki, o’zbek futboli menga yoqdi. Maydonlarning holati ham ajoyib, muxlislar o’yinlarga kelishmoqda. Hamma bundan zavq olmoqda. Evropa mamlakatlari va boshqa davlatlar o’zbek futbolini etarlicha baholamasligiga yana bir bor amin bo’ldim. Daraja yuqori va yanada o’sishda davom etmoqda.

– “Turon” birinchi bo’limda ancha tartibli o’yin ko’rsatdi. Biroq, keyin juda ko’p xatolarga yo’l qo’yildi. Buning sababi nimada deb o’ylaysiz?

– Futbol bir taym o’ynalmaydi. Gapingizga qo’shilaman. Birinchi taymda gol urishga yaqin keldik. Afsuski, ikkinchi bo’limda xatolarga yo’l qo’ydik. Yosh bolacha xatolar evaziga gollar o’tkazdik. Goldan keyin o’yinga qaytish qiyin bo’ldi. Biz harakat qildik, ammo ikkinchi gol juda noqulay paytda urildi. Raqibning juda tartibli va aqlli o’yinini takidlab o’tishim kerak.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Xorazm37
2Buxoro35
3QO'QON-191234
4Sho'rtan34
5Mash'al24
6Aral33
6Olimpik Mobiuz23
8Do'stlik30
U-21 биринчилиги
#КлубЎО