Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Prevyu. “Metallurg” 2017 yildan buyon Farg’onada gol ura olmayapti  

15.03.2024

Superliganing 3-turida Bekobodning “Metallurg” klubi Farg’onada “Neftchi” mehmoni bo’ladi.
Bu ikki klub hozirga qadar O’zbekiston chempionatida 46 marta to’qnash kelishgan. 26 ta o’yinda farg’onaliklar zafar quchishgan. 11 ta bahsda bekobodliklar g’olib bo’lishgan. Qolgan 9 ta uchrashuvda durang kuzatilgan. O’zaro o’yinlarda “Neftchi” 79 ta gol urgan va 41 ta gol o’tkazgan.

Farg’onadagi so’nggi 7 ta uchrashuvning faqat bittasida “Metallurg” g’olib bo’lgan (2017 yil). Bekobod klubi Farg’onadagi oxirgi 3 ta uchrashuvda umuman gol ura olmagan.

Farg’onada o’tgan oxirgi 5 ta o’yin:
29.07.2023 “Neftchi” – “Metallurg” 1:0
22.05.2022 “Neftchi” – “Metallurg” 3:0
24.04.2018 “Neftchi” – “Metallurg” 0:0
25.06.2017 “Neftchi” – “Metallurg” 0:2
01.07.2016 “Neftchi” – “Metallurg” 1:0

“Neftchi” dastlabki tur safarda “So’g’diyona” ustidan 2:1 hisobida g’alaba qozondi, 2-turda yana Jizzaxda “Dinamo”ni taslim qildi – 1:0. “Metallurg” ilk turda “Lokomotiv” mehmoni bo’lib durang o’ynadi – 2:2. Keyin o’z “uyida” “So’g’diyona” bilan murosa ko’chasini tanladi – 0:0.
“Neftchi” — “Metallurg”
15 mart 2024 yil. Farg’ona, “Istiqlol”. 18:30
Bosh hakam: G’ayrat Jo’raev
Qanot hakamlari: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin
Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov
VAR hakami: Akobirxo’ja SHukurullaev
AVAR hakami: Anvar Marajabov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.

O’zFHM mazkur bahsga G’ayrat Jo’raevni bosh hakam etib tayinladi. VAR hakami sifatida Akobirxo’ja SHukurullaev ishlaydi. Etiborlisi 2022 yilgi “Neftchi” – “Metallurg” uchrashuvida ham aynan G’ayrat Jo’raev bosh hakam bo’lgan edi. O’shanda farg’onaliklar 3:0 hisobida g’alaba qozonishgan edi. Ushbu uchrashuvda “Neftchi” safida gollardan birini urgan Sirojiddin Qo’ziev bugungi kunda “Metallurg” safida o’ynamoqda.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1427
2Mash'al1426
3Sho'rtan1424
4Aral1423
5QO'QON019121419
6Xorazm1416
7Olimpik Mobiuz1412
8Do'stlik145
U-21 биринчилиги
#КлубЎО