Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Vitaliy Levchenko: “Tartibli futbol ko‘rsatdik va oldingi chiziqda yaratilgan imkoniyatlardan foydalandik”

25.08.2024

Superliga 17-tur doirasidagi “Neftchi” — “Olimpik” (3:0) bahsidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.
— Biz bugun orqada tartibli futbol o‘ynadik. Oldingi chiziqda yaratgan vaziyatlardan foydalandik. Bu xursand qiladi.

— O‘tgan o‘yinda 0:3 hisobida yengilgan edi jamoa, bugun 3:0 hisobida g‘alaba qozonildi. Bu taktik maqsad edimi?

— Bilasizmi, himoyada konsentratsiya bo‘lmasa va epizodlarni oxirigacha o‘ynab qo‘ymasa muammolar bo‘ladi. Raqiblar foydalanadi. O‘tgan o‘yinni tahlil qildik. Hamma o‘tkazib yuborgan gollarimiz xatolarimiz ortidan keldi. Bellashuvda e’tiborli bo‘lish talab etiladi. Bo‘shashmaslik kerak. Bugun buni uddaladik. Yaratgan vaziyatlarimizdan foydalanganimiz ko‘ngilga taskin berdi.

— Bugun Botirali Ergashev qaydnomada ko‘rinmadi?!

— U jarohati sababli bahsni o‘tkazib yubordi. Bundan avvalgi o‘yinda ham muammo bor edi, ammo mashg‘ulot paytida uni kattalashtirib oldi. Hozir jarohatidan forig‘ bo‘lish bilan band.

— Tanaffus uchun rejalar bormi?

— Taxminan 13 sentyabrda maydonga tushamiz. Agar hech qanday o‘zgarish bo‘lmasa albatta. Hozir bor e’tiborimiz “Paxtakor” bilan bo‘ladigan mehmondagi bahsga qaratilgan. O‘rtoqlik o‘yinlar borasida muzokaralar ketmoqda. Agar aniq ma’lumot bo‘lsa, klub matbuot hizmati buni e’lon qiladi. Balki bir yoki ikkita uchrashuv o‘tkazamiz.

— Effiongning o‘yini haqida fikringiz qanday?

— U harakat qilyapti. Bizni oldingi chizig‘imizda raqobat bor. Yetakchi futbolchilarimiz bor. Nsungusi qo‘llarini tushurib yuborgani yo‘q. Kurashyapti.

— Neftchi hujum chizig‘i shu tempni ushlab qoladimi?

— Bilasizmi, hujumchi shunday kasbki, undan doim gol kiritishini so‘rashadi. Buni har doim ham uddalash qiyin. Aytganimdek, bizda yaxshi saviyadagi hujumchilar mavjud. Ular zaxiradan tushib tezlikni oshirishi mumkin. Masalan Azizda biroz o‘yinlarda pasayish kuzatildi. Uni dam olib zaxiradan tushishi uchun almashtirdik. Bugun o‘yinga qo‘shilib ikkita gol urdi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1838
2Mash'al1835
3Sho'rtan1931
4Aral1928
5QO'QON019121927
6Xorazm1918
7Olimpik Mobiuz1915
8Do'stlik1911
U-21 биринчилиги
#КлубЎО