Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
So‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida durang
the_title()

04.03.2021

“Qo‘qon-1912” jamoasi yangi mavsum oldidan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Vakillarimiz Namanganda “Navbahor” klubiga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuv kutilganidek, “derbi”ga xos shiddatli va keskin kurashlar ostida o‘tdi.

Birinchi bo‘limda qo‘qonliklar hujumchisi Mo‘min Meliev hisobni ochdi. 38-daqiqada Xolmuhammedov burchakdan to‘pni to‘g‘ri darvozaga yo‘llagan edi. O‘tkir Yusupov zarbani mushtlari bilan qaytarib yubordi. Keyingi vaziyatda futbolchilarimiz yana raqib jarima maydonchasiga to‘pni uzatishdi. Bu vaziyatda Yusupov xatoga yo‘l qo‘ydi. Vaziyatdan Mo‘min Meliev unumli foydalanib raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘lim ham xuddi birinchisi kabi jangovar ruhda bo‘lib o‘tdi. Har ikki jamoada golga tortadigan vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Ammo imkoniyatlar foydalana olmaslik natijasida hisob o‘zgarishsiz qolayotgan edi. Biroq, uchrashuv tugashiga 9 daqiqa qolganida Ivan Solovyovning gol urib hisobni tenglashtirdi. Maydonning raqib tomonida futbolchilarimiz tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato, oxir oqibat hisobni tenglashishiga olib keldi.

Mazkur bahsni jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov biroz betobliklari sabab o‘tkazib yuborganini ham aytish o‘tish joiz. Biz jamoamiz hamda muxlislar nomidan Baxtiyor A’zamovichga sog‘lik tilaymiz !

 

Nazorat uchrashuvi

“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” 1:1 (0:1)

Gollar: Ivan Solovyov (81) – Mo‘min Meliev (38)

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Azimjon Ahmedov, Mirzohid G‘ofurov, Marko Putinchanin, Sardor Telyakov, Abbos G‘ulomov, Ivan Solovyov, Ehsoni Panshanbe, Slavisha Stoyanovich.

Zaxira: Rahimjon Davronov, Nikola Tasich, Xushnud Avilov, Mirzohid Mirzamahmudov, Farhod Mirahmatov, Quvondiq Ro‘ziev, Islom Isoqjonov, Sherzod G‘ulomjonov, Zabihillo O‘rinboev, Shohruh Mahmudhojiev, Husayn Ergashboev, Ilhom Aliboev.

“Qo‘qon-1912”: Muzaffar Abdullaev, Bobur Akbarov, Slavko Lukich, Asadbek Sobirjonov, Farhod Bekmurodov, Shohnazar Norbekov, Mo‘min Meliev, Muhammadanas Hasanov, Ivan Yosovich, Murod Xolmuhammedov, Yakuba Bamba.

Zaxira: Eldor Adhamov, Xurshid Xo‘jaev, Ilhom Vahobov, Sardor Azimov, Avazxon Mamatxo‘jaev, Anvarjon Xojimirzaev, Iqbol Malikjonov, Aleksandr Merzlyakov, Jamshid Rahmatullaev, Andrey Sidorov.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro24
1Mash'al24
3Xorazm13
4Aral23
5Sho'rtan11
6QO'QON-191221
7Do'stlik10
7Olympic Mobiuz10
U-21 биринчилиги
#КлубЎО