Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
FARG’ONA FUTBOLI YUKSALISHDA
the_title()

05.03.2021

Yurtimizga futbol bahori kirib keldi. Muxlislar sog‘ingan damlar yaqinlashmoqda. Kelayotgan mavsumda Farg‘ona viloyati vakillarining yurtimiz futbolidagi ishtiroklari anchagina salmoqli bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim viloyatlarda superligada bironta ham jamoa ishtirok eta olmayotgan bir paytda, Farg‘ona viloyatidan superligada ikkita jamoa “Qo‘qon-1912” hamda “Turon” jamoalari ishtirok etishi, Pro-ligada esa “Neftchi” va “Istiqlol” jamoalarining hali chempionat boshlanmasidanoq  sovrinli  o‘rinlarga da’vogarlar sifatida e’tirof etilayotgani yuqoridagi gaplarimizga isbot bo‘la oladi.

“Qo‘qon-1912” jamoasi o‘tgan mavsumda o‘z o‘yinlari va ko‘rsatgan natijalari bilan futbol muxlislarini juda xursand qildi. Qo‘qonliklar o‘zlari uchun “planka”ni bir necha pog‘onaga ko‘tarib qo‘yishdi. Endigi mavsumda muxlislar “Qo‘qon-1912” jamoasidan yanada yaxshiroq natija talab qilishlari tabiiy hol. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlarida o‘tkazgan o‘yinlarining birontasida ham  mag‘lub bo‘lishmadi. “Xokim kubogi”  musobqasining yarim finalidagi “Istiqlol”ga qarshi uchrashuv durang natija bilan yakunlangan . “Istiqlol” penaltilar seriyasida g‘olib bo‘lgan edi. Demak jamoa o‘z o‘yin uslubini shakllantirib olgan desak yanglishmaymiz.

Yaypanning “Turon” jamoasi ham o‘z tarixida birinchi marta ishtirok etadigan superliga musobaqalariga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. Jamoa tarkibi anchagina tajribali futbolchilar bilan to‘ldirildi. Yaypandagi stadion esa halqaro talablar darajasida qayta ta’mirdan chiqarilmoqda.

Farg‘ona viloyatiga futbolning haqiqiy ishqibozi bo‘lgan Xayrulla Xayitboevich Bozorov xokim bo‘lib kelganidan so‘ng viloyatda futbol yanada rivojlanishni boshladi. Farg‘onalik muxlislarning sevimli jamoasi bo‘lgan, shonli tarixga ega “Neftchi” jamoasida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Viloyat Futbol assosatsiyasi prezidenti X Bozorovning sa’y-harakatlari  bilan jamoa yana o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ymoqda. Bu yo‘lda “Neftchi” jamoasiga omad tilaymiz.

O‘tgan mavsumda deyarli yo‘q bo‘lish arafasiga kelib qolgan “Istiqlol” jamoasi ham aynan Xayrulla Bozorovning e’tiborlari natijasida yana “jonlandi”. Hozirgi kunda “Istiqlol” jamoasi ham superliga yo‘llanmasiga da’vogarlar safida e’tirof etilmoqda. Bunga “Istiqlol”ning bir nechta superliga jamolari ishtirok etgan  “Xokim kubogi-2021” musobaqasida  finalga qadar yetib borgani  sabab bo‘ldi. Kelasi yilda superliga musobaqasida Farg‘ona viloyatidan kamida uch jamoa ishtirok etishi mumkin. Agar shunday natijaga erishilsa, bu viloyat futboli uchun juda katta yutuq hisoblanadi.

Viloyat xokimi Xayrulla Bozorovning moddiy hamda ma’naviy qo‘llab-quvvatlashlari natijasida “Qo‘qon-1912” jamoasi barcha qarzdorliklardan qutulib, FIFA hamda O‘zPFL qo‘ygan ta’qiqlardan xalos bo‘ldi.Natijada jamoa a’zolari yangi mavsumga ko‘tarinki kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Shu o‘rinda Farg‘ona futbol assosatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorovni oliy majlis senati a’zoligiga saylanganlari bilan tabriklaymiz. U kishining viloyatimiz futboli ravnaqi yo‘lida qilayotgan ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz !

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro24
1Mash'al24
3Xorazm13
4Aral23
5Sho'rtan11
6QO'QON-191221
7Do'stlik10
7Olympic Mobiuz10
U-21 биринчилиги
#КлубЎО