Futbol qoidalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi
the_title()

07.03.2021

Bugun “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchilari hamda murabbiylari uchun futbol o‘yini qoidalariga kiritilgan yangiliklar mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarni O‘FA xakamlar va nazoratchilar departamenti vakillari, taniqli xakamlar Sulton Zaylobiddinov hamda Shohrux A’zamovlar olib borishdi.

Seminarda 2020-2021 yilda futbol qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar, VAR tizimi qanday vaziyatlarda qo‘llanilishi haqida murabbiy va fuibolchilarga tushuntirish berib o‘tildi. Xakamlar turli qoida buzilishlari o‘yicha oldindan tayyorlangan video materiallar asosida futbolchilarga qoidalardagi yangiliklarni tushuntirib berishdi.
Murabbiy va futbolchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga xakamlarimizdan javob olishdi. Seminar qiziqarli savol-javoblar bilan ishchan ruhda bo‘lib o‘tdi .

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО