MAVSUM G‘ALABA BILAN BOSHLANDI
the_title()

10.03.2021

Bugun “Qo‘qon-1912” jamoasi 2021 yilgi mavsumdagi birinchi rasmiy uchrashuvini o‘tkazdi. “Turon” mehmoni bo‘lgan Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari asabiy kechgan bahsda kichik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Coca Cola superliga-2021 1-turidan o‘rin olgan mazkur uchrashuv oldidan “O‘zbekiston” stadionida ochilish marosimi o‘tkazilib, o‘yin oldidan san’atkor o‘z chiqishlari bilan muxlislarni xushnud etishdi. Coca Cola superligasining ochilish marosimida O‘zbekiston tuman hokimi Sh. Yo‘ldoshev so‘zga chiqib yangi mavsum boshlangani bilan barchani muxlislarni tabrikladi hamda Yaypan shahrida superliga o‘yinlarini boshlanganligini e’lon qildi. Shundan keyin O‘zbekiston davlat madhiyasi yangradi.
Uchrashuv mezbonlarning faolligi bilan boshlanganiga qaramay, birinchi xafli vaziyat maydon egalari darvozasi oldida sodir etildi. 32-daqiqada Shohnazar Norbekov bosh bilan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Qanot xakami bayroqchasini ko‘tarib, o‘yindan tashqari holat ekanligini bildirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Asadbek Sobirjonov juda qulay vazyait qo‘ldan chiqardi. 39-daqiqa uchrashuvda hisob ochildi. Mo‘min Meliev jarima maydonchasi ichiga kirmasdan raqib darvozasi tomon aniq va kuchli zarba yo‘llab hisobni ochdi. Shu tariqa, Mo‘min Meliev jamoamizning superliga-2021dagi dastlabki goli muallifi bo‘ldi. Bu gol Mo‘minjonning jamoamiz safidagi rasmiy o‘yinlarda kiritgan ilk goliga aylandi. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakun topdi.
Ikkinchi bo‘limni hujumkor ruhda boshlagan mezbonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. 50-daqiqada himoyachilarimiz Xakimovga zarba berish imkonini berib qo‘yishdi va u hisobni tenglashtirdi. 64-daqiqada esa vakillarimiz yana hisobda oldinga chiqib olishdi. Murod Xolmuhammedov jarima zarbasini aniq amalga oshirib hisobni o‘zgartirdi. Qolgan daqiqalarda futbolchilarimizda hisobni o‘zgaritish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Ammo ulardan foydalana olmadik. Shunday qilib, jamoamiz uchun bu yilgi mavsum ajoyib g‘alaba bilan boshlandi.

Coca Cola superligasi
1-tur
“Turon” – “Qo‘qon-1912” – 1:2 (0:1)
Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Akmal Raximov.
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov.
Komissar: Jaxongir Rahmatullaev.
Gollar: Jasur Hakimov 50. – Mo‘min Meliev 39, Murod Xolmuhammedov 64.
“Turon”: 87.Akmal Ortiqov, 3.Davronbek Umirov (18.Fozil Musaev, 46), 5.G‘iyosjon Komilov, 9.Jasurbek Hakimov, 10.Javohir Sohibov (7.Kvame Karikari, 75), 17.Muzaffar Muzaffarov, 22.Abdulaziz Abdurashidov, 23.Abdurahmon Abdulhakov (18.Fozil Musaev, 58), 30.Sinisha Babich, 32.Jahongir Mehmonov, 55.Dayan Ponevich.
Zaxira: 96.Islom Abdullaev, 19.Vladislav Kasminin, 20.Dostonbek Meliqo‘ziev, 43.Kim Boyong, 77.Bilolxon Toshmirzaev.
“Qo‘qon-1912”: 1.Muzaffar Abdullaev, 3.Bobirjon Akbarov, 5.Slavko Lukich, 7.Asadbek Sobirjonov, 8.Farhod Bekmurotov (20.Iqboljon Malikjonov, 86), 10.Shoxnazar Norbekov, 11.Mo‘minjon Meliev (15.Oybek Rustamov, 68), 22.Muhammadanas Hasanov (13.Sardor Azimov, 66), 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 70.Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: 16.Eldor Adhamov, 14.Avazxon Mamatxo‘jaev, 91.Yakuba Bamba, 99.Andrey Sidorov.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО