Нamidjon Aktamov: ”Safardagi durang yomon natija emas deb o‘ylayman”
the_title()

15.03.2021

Coca Cola superligasi 2-tur doirasidagi «Qo‘qon-1912» – «Qizilqum» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.

– Avvalambor, barchangizni kirib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklayman. O‘yin haqida aytadigan bo‘lsam, muxlislar shiddatli kurashlarga boy bo‘lgan bahsning guvohi bo‘lishdi. Har ikki jamoa ham g‘alaba qozonish uchun harakat qildi. Futbol shunisi bilan qiziq. Bugun jangovor o‘yin bo‘ldi. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Safarda durang ham yomon natija emas deb o‘ylayman. “Qo‘qon-1912” jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.
Mavsum endi boshlandi.Boshida 4-5 ta tur barcha jamoalar deyarli bir xil o‘yin ko‘rsatadi O‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz. Jamoani oldiga xech qachon yutqazmaslik vazifasi qo‘yilgan. Maqsadimiz sovrinli o‘yinlardan birini qo‘lga kiritish.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО