NAVRO‘Z BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZ YURTDOSHLAR!
the_title()

21.03.2023

Navro‘z eng qadimiy, asl milliy, yaxshilikka, ruhiy poklikka undaydigan, yasharish va yangilanish faslidir.
Navro‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko‘p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasidir.
Sharqona Yangi yil bo‘lgan Navro‘z insonlar qalbida ezgu intilishlarni uyg‘otib, kishiga umid va ishonch, shukronalik tuyg‘ularini bag‘ishlaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar erkag-u, ayol, yosh-u, qari barcha yurtdoshlarimizning eng ardoqli, sevimli bayramidir.
Ezgulik, go‘zallik, obodlikni kasb etgan Navro‘zi olam tinchlik, osoyishtalik, farovonlik hukm surayotgan ona Vatanimizda yashayotgan har bir insonning qalbida yashashga bo‘lgan ishtiyoq, ezgu maqsad, ijod-izlanish zavqini tortiq etadi.
“Qo‘qon-1912” jamoasi mana shunday ulug‘ ayyom, navro‘z bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklaydi.
Navro‘zi olam barchangizga muborak bo‘lsin aziz yurtdoshlar!

👉 https://t.me/FCKOKAND

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО