Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Pro liga. Samarqanddan muhim g’alaba bilan qaytdik
the_title()

31.03.2023

Bugun, jamoamiz Pro ligadaning uchinchi turida Samarqandning “Yunired” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalardan ustunlikni qo’lga kiritgan jamoamiz vakillari 9-daqiqada hisobni ochishdi. Isoqjonovning uzoqdan yo’llangan kuchli zarbasining oldida darvozabon ojiz qoldi.

Uchrashuvning birinchi bo’limining so’nggi daqiqalarida jamoamiz vakillari tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi va 42-daqiqada San’at Shixov hisobni oshirdi. Shu tariqa, birinchi bo’lim 0:2 hisobida bizning foydamizga yakulandi.

Ikkinchi bo’limda har ikki jamoa ko’plab hujumlar tashkil etishdi, biroq himoya vakillarining yaxshi o’yini sababli hisob o’zgarmadi.

Shu tariqa, jamoamiz Samarqanddan ishonchli g’alaba bilan qaytdi.

🏆 Pro liga, 3-tur

🟢 Yunired 🆚 QO’QON-1912 0:2

⚽️ 9 – Islombek Isoqjonov, 42 – San’at Shixov

Asosiy tarkib: 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 24.Jasur O’rinov, 3.Bobur Akbarov, 5. Abduxoliq Qurbonov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 20.Iqboljon Malikjonov, 6.Bobur Qosimov, 8.Sanʼat Shixov, 9.Islombek Isoqjonov, 14.Doniyor Ismailov, 10.Anvarjon Xojimirzayev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 70.Muhammad Isaev, 25.Doston Oripov,  77.Murodjon Komilov, , 11.Mo’minjon Meliyev, 44.Farxod Miraxmadov

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1838
2Mash'al1835
3Sho'rtan1931
4Aral1928
5QO'QON019121927
6Xorazm1918
7Olimpik Mobiuz1915
8Do'stlik1911
U-21 биринчилиги
#КлубЎО