“Qo’qon-1912” jamoasi rahbariyati Davron Fayziyevning isteʼfosini qabul qildi
the_title()

26.04.2023

“Qoʻqon-1912” jamoasining murabbiylar shtabida oʻzgarish boʻldi. Shu kunga qadar jamoamizni bosh murabbiy sifatida boshqarib kelgan Davron Fayziyev “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvdan so’ng matbuot anjumanida rahbariyatdan isteʼfo so’ragandi. Shundan so’ng “Qo’qon-1912” jamoasi rahbariyati Davron Fayziyev isteʼfosini qabul qildi. Shu tariqa, “Qoʻqon-1912” jamoasi hamda Davron Fayziyev oʻrtasidagi bitim har ikki tomonning roziligiga koʻra bekor qilindi. Shuningdek, Davron Fayziyevning murabbiylik shtabida ishlagan Shavkat Abduxoʻjayev va Hislat Chilmatov bilan ham ikki tomonlama shartnoma bekor qilindi.

“Qoʻqon-1912” futbol klubi nomidan Davron Fayziyev, Shavkat Abduxoʻjayev va Hislat Chilmatovga jamoamizda olib borgan faoliyatlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Davron Fayziyevga kelgusidagi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz !

Muborakning “Mash’al” jamoasiga qarshi O’zbekiston kubogining ikkinchi turiga jamoani Rahmatjon Inog’omov va Andrey Baklanov tayyorlaydi.

“Qo’qon-1912” jamoasi rahbariyati bir nechta tajribali murabbiylar bilan muzorakarlarga kirishgan. Yaqin orada yangi bosh murabbiy nomi rasman e’lon qilinadi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО