“Superligaga olib chiqishga kafolat beradigan murabbiyni qo‘yishimiz kerak” – “Qo‘qon-1912” rahbari Fayzievning iste’fosi va yangi keladigan mutaxassis haqida gapirdi
the_title()

27.04.2023

Pro liga etakchilaridan biri – “Qo‘qon-1912” klubida o‘zgarish ro‘y berayotganidan xabaringiz bor. Kuni kecha bosh murabbiy sifatida ishlab kelgan Davron Fayziev iste’foga chiqdi.

Qo‘qonda “Lokomotiv” bilan bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 2:3 hisobida imkoniyat boy berilgach, Fayziev matbuot anjumanida iste’fo so‘rashi haqida gapirgandi. Chunki oxirgi paytlarda jamoaning natijalari barqaror ko‘rinish olmayotgandi. Natijada rahbariyat Fayzievning istagini amalga oshirdi va shartnoma bekor qilindi.

Shu sababli Sports.uz jurnalisti Qo‘qonda jamoamiz rahbari Akromjon Mamadaliev bilan uchrashib, mazkur vaziyat bo‘yicha suhbatlashdi.

ФКҚЎҚОН-1912, [27.04.2023 11:48]
– Yil boshida yana Davron Oripovichga ishonch bildirdik- deya gap boshladi, Mamadaliev. – Xabaringiz bor, o‘tgan yili ushbu murabbiy boshchiligida superligadan tushib ketdik. Yana o‘ziga imkoniyat berishga qaror qildik. Maqsad va vazifalarni aniq belgilab ish boshlaganmiz. Maqsad shu yilni o‘zida qaytib superligaga chiqish. Bizda bundan boshqa yo‘l yo‘q. Nimaga pro ligaga tushib ketdik? Mavsumga tayyorgarlik jarayonlarida avvalo, mana shunday masalalarni muhokama qildik. Turli sabablari bor. Shulardan eng kattasi biz o‘z maydonimizda o‘ynamaganimiz omili ham bor. Baribir futbolda o‘z uyingda devorlar ham yordam beradi, degan gap bor. Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida o‘ynab turdik. Buning uchun bizga sharoitlarni yaratib bergan “Turon” klubi rahbariyatiga rahmat. Lekin, baribir o‘zingni maydoning o‘zingniki. Shuning uchun bu yil bor e’tiborimizni Qo‘qondagi “markaziy” stadioniga qaratib stadionimizni tayyorladik. “Markaziy”da juda katta hajmdagi ishlar bajarildi. O‘zingiz ham ko‘rdingiz, maydonimiz ideal holatda. Davron Oripovich murabbiylar shtabini o‘zi tuzdi, xohlagan futbolchilarini olishga imkon yaratdik. Selektsiya jarayonlarida murabbiylarning ishiga aralashmadik. Shuning uchun ularning oldiga aniq vazifa qo‘yilgan: Superligaga olib chiqish. 1-turda G‘uzorda “Sho‘rtan”ga qarshi chempionatni boshladik. 0:3 hisobida yutib turib, alamli tarzda durang qayd etdik. Bu bizga ilk turdayoq dastlabki qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Bundan murabbiylarimiz ham to‘g‘ri xulosa chiqarishdi. Keyingi o‘yinlarda g‘alabalar bo‘ldi. Biroq o‘z maydonimizdagi “Navbahor-farm” bilan durang natija rahbariyatni ham, muxlislarni ham, hech kimni qoniqtirmadi. O‘sha uchrashuvdan so‘ng jamoa bilan yig‘ilish qilganmiz. Murabbiylar va futbolchilar bilan gaplashib olgandik. O‘sha kuniyoq Davron Fayziev oldindagi ikkita o‘yinda yuta olmaydigan bo‘lsak, bir qarorga kelishi borasida aytgandi. Ammo bu mutaxassisni qo‘yib yuborish niyatimiz yo‘q edi. Nachora, bu futbol ekan…Mana, “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvni yaxshi boshladik. 2:1 hisobida yutib turgandik, raqib bir kishi kam bo‘lib qolgandi. G‘alabaga ishonch paydo bo‘lgan joyda kutilmaganda hisob o‘zgarib, natijada 2:3 ko‘rinishida mag‘lubiyatga uchradik. O‘yindan keyin bosh murabbiyimiz matbuot anjumanida iste’fo so‘rayman debdilar. Keyin chiqib bizga qarorlarini aytdi. O‘ylab ko‘rib, nimanidir o‘zgartirish kerak, degan qarorga keldik. Davron Fayziev bilan o‘zaro maslahatlashib, bir-birimizga e’tirozsiz, do‘stona ravishda o‘rtadagi shartnomani bekor qilishga qaror qildik.

– U bilan murabbiylar shtabi ham iste’foga chiqdimi?

– Futbolda qoidasi o‘zi shunaqa. Bosh murabbiy kelganida shtabini ham o‘zi tuzadi. Shunday ekan, bosh murabbiy ketganidan so‘ng yordamchilari ham ketishi tabiiy hol. Shavkat Abduxo‘jaev va Xislat Chilmatov bilan ham shartnomalar bekor qilindi.

– Hammani qiziqtirayotgan savol: “Qo‘qon-1912”ga endi kim bosh murabbiylik qiladi? Sir bo‘lmasa, kimlar bilan muzokaralar olib borilmoqda?

– Bizda holat shundayki, imkoniyatimiz hali juda yaxshi. Barchasi o‘z qo‘limizda. Vaziyatni o‘nglashga imkoniyatimiz bor. Biz endi murabbiy tanlashda adashmasligimiz kerak. Etti o‘ylab bir kesish emas, balki endi etmish o‘ylab bir kesishimiz lozim. Shuning uchun bu borada izlanishlar olib bormoqdamiz. Hozircha kimlar bilan muzokara o‘tkazayotganimizni ayta olmayman. Sababi, biz gaplashayotgan murabbiylar ham qaerdadir ishlayapti yoki boshqa sabablari bor. Shu kunlarda bir qarorga kelamiz va matbuotda e’lon qilamiz.

– Yangi keladigan murabbiy o‘zbekistonlikmi yoki xorijlikmi?

– Xorijdan variant qidirganimiz yo‘q. Asosan O‘zbekistondan izlayapmiz. Bizga shunday bo‘lishi kerakki, vazifani 100 foiz bajara oladigan murabbiy darkor. Superligaga olib chiqishga kafolat bera oladigan murabbiyni qo‘yishimiz kerak.

ФКҚЎҚОН-1912, [27.04.2023 11:48]
– Nima deb o‘ylaysiz, kafolat bera oladigan murabbiy bormi?

– Bo‘ladi, deb o‘ylayman. Nimaga bo‘lmasligi kerak? Odam qilgan ishni odam qiladi. O‘zbekistonda ham yaxshi murabbiylar ko‘p. O‘z oldiga maqsad qo‘yib bajarganlari bisyor. Bizni oldimizda boshqa variantimiz ham yo‘q. O‘z oldiga vazifa qo‘yib, uni bajara olmaydigan murabbiy bilan shartnoma qila olmaymiz. Bizda shu kungacha moliyaviy tomondan hech qanaqa muammo bo‘lgani yo‘q. Nechta o‘yin yutgan bo‘lsak, barcha mukofot pullari va oylik maoshlarini to‘lab boryapmiz. Hech kimdan qarzimiz yo‘q. Shunday sharoit qilayotganimizdan so‘ng biz ham murabbiylar va futbolchilarga o‘z talablarimizni qo‘yishimiz shart. Bilasiz, Qo‘qonda futbolni yaxshi ko‘rishadi. Muxlislarimiz talabchan, ular jamoamizga befarq emas. Doim natijani talab qiladilar.

– Rahbar sifatida jamoadan ko‘nglingiz to‘lmagan jihat nimada bo‘lyapti?

– Bu yilgi tarkibimizdan ba’zi-bir chiziqlar bo‘yicha biroz ko‘nglim to‘lmagan jihatlari bor. Ammo futbolchilarga ishonaman. Ular yomon emas. Tarkibimizda yaxshi saviyadagi o‘yinchilar yig‘ilgan. Ushbu ijrochilar bilan bemalol vazifani bajarsa bo‘ladi. Lekin biroz oqsagan joylarimiz ham bor. Masalan, yarim himoya, hujum…Bu borada selektsiya bo‘yicha izlanishlarni olib boryapmiz.

– Murod Xolmuhammedov etishmayotgandek. Uning taqdiri nima bo‘ldi?

– Murodjon bilan doimo aloqadamiz. Qo‘qon futboliga juda katta hissasi bor. Bu erda o‘ziga yarasha o‘rni bor. Hurmat qilamiz. Xolmuhammedov uchun eshiklarimiz doim ochiq. Yil boshida ham bir necha bor taklif bilan chiqdik. Hattoki, shunday taklif bilan ham chiqdimki, murabbiylar shtabiga qo‘shishga tayyor edim.Oyog‘ida jarohat borligi uchun o‘tgan yilgi oxirgi uchrashuvlarda unga xalaqit qildi. Bu yil ham 3-4 oy o‘ynay olmasligi kerak edi. Chunki jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi ko‘zda tutilgandi. Ammo, keyin menimcha operatsiya qildirishga o‘zida xohish bo‘lmadi. Futbolchilik faoliyatini yakunlash haqidagi fikrini aytdi. Lekin Murodjon kelganida xursand bo‘lardik. Bizga shunga o‘xshagan lider etishmayapti. Etakchilarimiz bor. Misol uchun, Aleksandr Merzlyakov, San’at Shixov, Bobur Akbarov, Iqbol Malikjonov kabilar. Biroq Xolmuhammedovda tug‘ma etakchilik qobiliyati mavjud.

Manba: Sports.uz

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Mash'al2652
2Buxoro2649
3QO'QON-19122642
4Sho'rtan2637
5Aral2635
6Xorazm2628
7Olimpik Mobiuz2621
8Do'stlik2617
U-21 биринчилиги
#КлубЎО