Muhsinjon Nizomiddinov: “Hech kimdan kam joyimiz yoʻq”
the_title()

03.05.2023

Oʻzbekiston kubogi 2-turidan oʻrin olgan “Mashʼal” — “Qoʻqon-1912” (3:2) uchrashuvidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Muhsinjon Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Oʻyin haqida

— Yaxshi oʻyin boʻldi. Ikki tomon ham gʻalaba uchun harakat qildi. Natija “Mashʼal” tomonida boʻldi.

Siz bugungi oʻyin qaydnomasida texnik direktor sifatida koʻrsatildingiz. Jamoada bosh murabbiy yoʻqmi?

— Bosh murabbiy borasida anchayin izlandik. Rahbariyatning soʻngi qarori bilan bosh murabbiylik vazifasi menga ishonib topshirildi. Maqsad sari intilishda harakat qilamiz.

Bugun “Mashʼal” bir kishi kam boʻlib jamoangizni magʻlub etdi. Guruhdagi vaziyatni qanday baholaysiz?

— Men murabbiy sifatida jamoadan har bir oʻyinda gʻalaba xohlayman. Bu borada ishlayapmiz. Koʻrdinglar, oz boʻlsada, shuncha yoʻl bosib, Qoʻqondan kelib, bizga muxlislik qilishyapti. Har doim ular uchun harakat qilishimiz kerak. “Surxon” bilan oʻyinga ham faqat gʻalaba uchun maydonga chiqamiz. Biz uchun raqibning ahamiyati yoʻq. Masalan, “Nasaf” bilan ham yigitlar yomon harakat qilishmadi.

Jamoa oldidagi maqsad qanday?

— Bugun yutqazganimiz jamoa oldida maqsad yoʻqligini anglatmaydi. “Qoʻqon-1912”ni Superligaga qaytarish uchun ishlayapmiz. Bugun koʻp futbolchilarni koʻrib oldim. Yosh yoki tajribali futbolchi, biz hammaning imkoniyatlarini chamalab olishimiz kerak. Kimdir oʻynamayapti, keyin oʻynab ketadi. Maqsadimiz yuqori, shu vazifa yoʻlida intilamiz. Hech kimdan kam joyimiz yoʻq.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО