Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Anvar Xojimirzaev: “De Bryuynega faqat “Qo’qon-1912″da emas, yoshligimdan o’xshatishadi” – “shunqorlar”ning gol “mashinasi” Anvar Xojimirzaev bilan intervyu
the_title()

20.08.2023

Bu yil nafaqat “Qo’qon-1912″ning balki Pro liganing to’purari bo’lib turgan Anvar Xojimirzaev raqiblar darvozasiga 10ta gol urdi.
“Dinamo” hujumchisi Joel Kojo bilan teng ko’rsatkich qayd etib turgan futbolchi faoliyatidagi eng sermahsul mavsumni o’tkazmoqda. Anvar Xojimirzaev so’nggi 3 yilda raqiblar darvozasini 14 bor aniq nishonga olgan va shundan 10tasi joriy mavsumga to’g’ri keladi. “SHunqorlar”ning “snayperi” bo’lib turgan Anvar Xojimirzaev kecha bo’lib o’tgan “Yunired” bilan uchrashuvda ham chiroyli gol urdi va bu gol amalda mezbonlarga uch ochko keltirdi. Umumiy hisobda u 13ta uchrashuvda 13ta foydali ishni amalga oshirgan 10+3. O’yindan so’ng Anvar Xojimirzaev bilan suhbatlashish istagi tug’ildi.

– “Yunired” bilan o’yin haqida…

– Intervyuga taklif qilganingiz uchun katta rahmat. “Yunired” bilan qiyin ammo yaxshi o’yin bo’ldi. Ikki jamoa ham oxirigacha kurashdi. Maydonda jang kechdi, desam mubolag’a bo’lmasa kerak. Muxlislar ham chiroyli o’yin guvohiga aylanishdi.

– Ikkinchi davrada jamoa “SHo’rtan”, “Mashal”, “Yunired” kabi jamoalar bilan o’ynadi. Oldinda kutayotgan Superliga yo’llanmasi uchun asosiy raqobatchilar bilan uchrashuvlarga ham tayyormisizlar?

– Albatta. Murabbiylar shtabi va jamoadoshlarimga ishonaman. Bu g’alabalar bilan to’xtab qolish noto’g’ri. Xudo xohlasa Superliga yo’llanmasini qo’lga kirita olamiz, degan umiddaman. Bunga ishonaman.

– Bu yil faoliyatingizdagi eng yaxshisi bo’lyapti. Murabbiylar sizni to’purarlik salohiyatingizni ochdimi?

– Hammasi xudodan. Ota-onamiz duolari va jamoadoshlarim mehnati sabab gollar uryapman. Bir o’zim natijaga erisha olmayman.

– 28 yoshdasiz va ko’pchilik bunga qadar faoliyatingiz qanday kechganini bilmaydi. Bu borada malumot bera olasizmi?

– Farg’oaning “Istiqlol” va “Neftchi”, “Navbahor” jamoalarida to’p tepganman. 2013 yilda faoliyatimni boshlagan bo’lsam, asosiy qismini Birinchi liganing “Kosonsoy”, “Xotira-79”, “Istiqlol” jamoalarida o’tkazganman. Ilgari quyi ligalar bugunidek kuzatuvda va etiborda bo’lmagan. Nasibamiz shu ekan, xudoga shukur qilamiz. Kimdir kech, kimdir erta ko’zga ko’rinadi.

– 2020 yil Andrey Kanchelskis boshqarayotgan “Navbahor” safiga borib qo’shilgansiz. Aslida namanganliksiz, shunday ekan nima uchun “lochinlar” tarkibida o’ynab keta olmagansiz?

– Barcha murabbiyni o’z uslubi bor. Balki Andrey Kanchelskisni uslubiga mos kelmagandirman. Xullas kelisha olmadik va ketishga qaror qildim.

– De Bryuyne laqabini qachon berishgan?

– Aslida yoshligimdan De Bryuynega o’xshatishadi. Odam odamga o’xshaydida (kuladi). O’yinlarini kuzatib boraman, yuqori saviyadagi futbolchi.

– Mavsum oxirigacha nechta gol urishni maqsad qilgansiz?

– Xudo xohlasa, nasib qilganini ko’ramiz. Birinchi maqsadim “Qo’qon-1912” bilan Superliga yo’llanmasini qo’lga kiritish.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1838
2Mash'al1835
3Sho'rtan1931
4Aral1928
5QO'QON019121927
6Xorazm1918
7Olimpik Mobiuz1915
8Do'stlik1911
U-21 биринчилиги
#КлубЎО