Muhsin Nizomiddinov: “Raqib futbolchisining zarbasini Oliver Kan ham qaytara olmasdi”
the_title()

19.08.2023

Pro liga 14-turidan o’rin olgan “Qo’qon-1912” – “Yunired” uchrashuvidan (2:1) so’ng mezbonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
– O’yin haqida…

– Bugun natija biz tomonda bo’ldi. Uchrashuv qiyin ruhda o’tishini bilardik. “Yunired” yaxshi jamoa. Biroz qiyinchilikka uchradik, shunga qaramay, g’alabaga erishdik. Bundan xursandmiz.

– Jamoa posboni ikki o’yindan beri uzoq masofadan yo’llangan zarba natijasida darvozasidan to’p o’tkazib yubormoqda. Mashg’ulotlarda bu borada ishlanyaptimi? SHuningdek, Jasur O’rinovning qaydnomaga kiritilmaganining sababi nimada?

– Jasur O’rinovning oyog’idagi tirnoq qismida yiringlash bor edi, u “Mashal” bilan bahsda ham ukol olib, harakat qilgandi. Biroq jarohat davo etib, shu bois uni qaydnomaga ham kiritmadik. Darvozabon Nortojievga kelsak, unga yo’llangan zarbani istalgan posbon o’tkazib yuborishi mumkin. Bizda uch nafar darvozabon bor, barchasining salohiyati bir. Aktivlikni ushlab turish uchun ularni o’yindan o’yinga alishtiryapmiz. Nortojievga yo’llangan zarbani Oliver Kan ham qaytara olmasdi. O’yin davomida bunday vaziyatlar uchrab turadi. Bugun supergol urgan Islom SHaripovni birinchi davrada safimizga qo’shib olmoqchi edik. Biroq limitimiz to’lib qolgani uchun uni qo’lga kirita olmadik. Uning kelajagi porloq.

– “Dinamo”ga qarshi o’yinni hal qiluvchi ahamiyatga ega bellashuv deya olasizmi?

– Har bir o’yinda g’alaba uchun maydonga chiqamiz. Xudo xohlasa, Superliga yo’lllanmasini hal qilamiz.

– “Yunired” haqida nima deya olasiz?

– “Yunired” zo’r jamoa, futbolchilari xarakter namoyish eta olishdi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО