Muhsin Nizomiddinov: “Hamma vaziyatlarni gol bilan yakunlaganimizda, hisob boshqacharoq ko’rinish kasb etgan bo’lardi”
the_title()

04.09.2023

Pro liga 16-turidan o’rin olgan “Qo’qon-1912” – “Andijon-SGS” (5:3) uchrashuvidan so’ng mezbonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida qatnashdi.
– O’yin haqida

– O’yin men kutgandek bo’ldi. Ob-havo ham shunga yarasha bo’ldi. Besh-oltita ajoyib imkoniyatimiz bo’ldi. Hamma vaziyatlarni gol bilan yakunlaganimizda, hisob boshqacharoq ko’rinish kasb etgan bo’lardi.

– Birinchi taym raqib yaxshi harakat qildi. Ikkinchi bo’limda esa “Qo’qon-1912” jamoasi tashabbusni qo’liga oldi. Biroq himoyachilar va darvozabonimiz bugun unchalik ham yaxshi harakat qila olishmadi. Bu kamchiliklar ustida ishlash kerakmikan?

– To’g’ri aytasiz, bu shunaqa o’yin. Superliga va Pro ligada finishga qarab ketilyapti. Kuchsiz jamoaning o’zi yo’q. Futbolda 16 yoshli o’yinchi ham futbolchi, 40 yoshli o’yinchi ham futbolchi. Bizda himoya, hujum va yarim himoyada muammo bor edi. Deyarli yarim jamoamiz bu o’yinga isitma bilan chiqdi. Ularga rahmat aytamiz. Himoyada kichik tartibsizlik bo’ldi. Xatolar ustida albatta ishlaymiz. Yigitlar kasal hollarida ham shunchalik o’yin ko’rsatishdi. Anvar Xojimirzaev to’rtta gol urdi, unda yana to’rtta gol urish imkoniyati bo’lgandi. O’z sog’liqlarini keyingi o’ringa qo’yib, jamoa uchun chiqib maydonda ter to’kkanlari uchun yigitlarga rahmat aytaman.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО