“Qo‘qon-1912” rahbari: “Mavsum yakunida hammasi yaxshilik bilan tugaydi va biz kelasi mavsumni Superligada boshlaymiz!
the_title()

17.11.2023

Pro ligada 3-o‘rinni egallagan “Qo‘qon-1912” klubi endi Superliga uchun kurashni pley-off o‘yinlari orqali davom ettiradi.

22 noyabr kuni qo‘qonliklar Olmaliqda “Mash’al”ga qarshi maydonga tushadi. G‘olib jamoa esa Superligada 12-o‘rinni qo‘lga kiritgan klubga qarshi o‘ynaydi va bu bahs dekabr oyi boshlarida o‘tkaziladi.

Shu bois “Qo‘qon-1912” jamoasi rahbari Akromjon Mamadalievga ayrim savollar bilan murojaat qildik.

– “Qo‘qon-1912” jamoasi Superliga yo‘lidagi kurashni davom ettirmoqda va pley-off bosqichida Olmaliqda “Mash’al”ga qarshi maydonga tushadi. Bo‘lajak bahs oldidan nimalarni aytgan bo‘lardingiz?

– Biz bu mavsumda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Shu yo‘lda butun jamoamiz bilan ishlayapmiz. Biz pley-off o‘yinini uzoq kutdik. 25 oktyabrda pro-ligada mavsum yakunlangan, lekin Superliga tugashini ham kutishimizga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun “Mash’al” jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yinni deyarli 1 oy kutishimizga to‘g‘ri keldi. Jamoamiz bu o‘yinga tayyor. Biz faqat g‘alaba uchun Olmaliqqa boramiz!

– Ushbu pley-offda g‘olib jamoa Superligada 12-o‘rin egasiga qarshi maydonga tushadi. Sizningcha, 12-o‘rin qaysi klubga nasib qiladi, deb o‘ylaysiz?

– Superligada turnir jadvalining quyi qismida ham kurash qizg‘in ketmoqda. Biz har bir uchrashuvlarni kuzatib bormoqdamiz. Ayni kunda 12-o‘rinda “Qizilqum” jamoasi turibdi. 1 dekabr kuni aynan kim bu joyda bo‘lishini aniq bilib olamiz. Bu futbol, har narsa bo‘lishi mumkin. Hozir “Turon” jamoasida ham imkoniyat bor. Shuning uchun oldindan bir narsa demaganim ma’qul. Avval biz “Mash’al” to‘sig‘idan o‘tib olaylik, keyin Superligadagi raqib haqida gaplashamiz.

– “Qo‘qon-1912″ni Superligadan 2 ta o‘yin ajratib turibdi. Jamoangizning tayyorgarligi borasida nima deya olasiz?

– To‘g‘ri aytasiz, biz maqsadimizga etishimiz uchun ikkita o‘yinni yutishimiz kerak. Yil davomida qilingan harakatlarni yakuniga etkazishimiz kerak bo‘ladi. Qisqasi, g‘alvirni suvdan ko‘taradigan payt keldi. Murabbiylarimiz, futbolchilarimiz barcha xodimlar vaziyatni tushunib turishibdi. Biz oxirigacha kurashamiz va Xudo xohlasa maqsadimizga etamiz. Murabbiylar shtabi pley-off o‘yinlaridan oldin alohida reja ishlab chiqishgan va jamoa shu reja bo‘yicha tayyorgarlikni olib bormoqda. Asosiysi, futbolchilarning sport formalarini ushlab turishimiz kerak. Pro ligada mavsum yakunlangach, futbolchilarda bo‘shashish holati yuzaga kelmasligi uchun ikkita nazorat o‘yini o‘tkazildi. “Andijon” jamoasi bilan o‘tkazilgan o‘yinlarda, mehmonda 2:2 hisobida durang va o‘z maydonimizda 1:0 hisobidagi g‘alaba qayd etildi.

– Muhim uchrashuvlar oldidan tarkibda yo‘qotishlar yo‘qmi? Umuman, sizni nima xavotirga solyapti?

– Tarkibda jiddiy yo‘qotishlarimiz yo‘q. Ayrim futbolchilarimizda engil shamollash holatlari kuzatilyapti, lekin shifokorlarimiz vaziyatni o‘z nazoratlariga olishgan. O‘ylaymanki, “Mash’al” bilan o‘yinda tarkib borasida muammolar bo‘lmaydi. Aytarli xavotir yo‘q. Faqat bitta tomoni, uzoq muddat rasmiy o‘yinlar o‘tkazmaganimiz yaxshi bo‘lmadi. Lekin nachora reglamentga bo‘ysunishga majburmiz, qolaversa mavsumni 2-o‘rinda yakunlash imkoniyatimiz ham bor edi. O‘z xatolarimiz evaziga shu kunga keldikmi, demak bu yog‘iga harakatni bo‘shashtirmasligimiz kerak. Men jamoamdagi barcha futbolchilarga ishonaman. Ular oldindagi ikkita o‘yinni yutish uchun jonlarini berib maydonda harakat qiladilar. Xudo xohlasa, mavsum yakunida hammasi yaxshilik bilan tugaydi va biz kelasi mavsumni Superligada boshlaymiz!

Shuhratbek Jo‘raev.

Manba: Sports.uz

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Mash'al2652
2Buxoro2649
3QO'QON-19122642
4Sho'rtan2637
5Aral2635
6Xorazm2628
7Olimpik Mobiuz2621
8Do'stlik2617
U-21 биринчилиги
#КлубЎО