Qo‘qon-1912 va Qizilqum o‘rtasidagi o‘tish o‘yini 5-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi
the_title()

24.11.2023

Superliga va Pro liga reglamenti’dan kelib chiqib, Pro ligada 3-o‘rinni egallagan va Pro liga o‘tish o‘yinlarida g‘olib chiqqan Qo‘qon-1912 klubi 2024-yilgi mavsum Superliga yo‘llanmasi uchun Superligani 12-o‘rinda yakunlashi aniq bo‘lgan Qizilqum’ga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.

Superligaga o‘tish o‘yini avvalroq 6-dekabr sanasiga tayin qilingan bo‘lib, bunda Superliga klublarining 1-dekabr kuni 26-tur doirasida maydonga tushishi inobatga olingan edi. Biroq 25-turdan keyin Qizilqum futbol klubining o‘tish o‘yinida ishtirok etishi aniq bo‘ldi. Qo‘shimchasiga, Superliga 26-turida Qizilqum’ga qarshi kurash olib borishi kerak bo‘lgan Turon klubi musobaqada o‘z o‘rnini saqlab qolish imkoniyatini yo‘qotdi. Shundan kelib chiqib, har ikki jamoa bilan kelishgan holda Liga o‘tish o‘yini sanasini 5-dekabrga o‘zgartirishga qaror qildi.

Reglament asosida Qo‘qon-1912 futbol klubi rasmiy uchrashuv mezboni sifatida maydonga tushadi.

O‘TISH O‘YINI

5-dekabr, seshanba

14:00 QO‘QON-1912 — QIZILQUM

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО