28.11.2023
amoamizing tarjibali himoyachisi Jamshid Hasanov “Mash’al”ga qarshi kechgan uchrashuv, “Qizilqum” jamoasi va navoiyliklarga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik haqida fikr bildirib o’tdi.
O’tish o’yinida har doim har qanday jamoaga qarshi bo’ladigan bahs qiyin bo’ladi. Bunday bahslarda raqibning saviyasi haqidagi gap-so’zlar bo’lishi mumkin emas, doim bunday uchrashuvlar shiddatli bo’ladi. “Mash’al”ga qarshi bahs qiyin bo’lishini bilardik. Biz bu ucharshuvga jiddiy tayyorgarlik ko’rdik va muhim bo’lgan g’alabani qo’lga kiritdik.
“Qizilqum”da faoliyat olib borganman, ularni bilaman. Navoiyda yaxshi jamoa bor. Bizga bu uchrashuv “Mash’al”ga qarshi o’yindan ko’ra biroz oson bo’ladi deb o’ylayman. Sababi uchrashuvni muxlislarimiz qarshida Qo’qonda o’tkazamiz. Xudo xohlasa, muxlislar qarshisida “Qo’qon-1912” jamoasini Superliga qaytarishga harakat qilamiz. Umid qilamanki, biz 5-dekabr kuni “Qizilqum”dan muvaffaqiyatli o’tib, Superliga yo’llanmasini qo’lga kiritamiz.
Tayyorgarliklar yaxshi o’tmoqda. Endi bitta qadam qoldi. Endi bor kuchlimiz bilan oxirgi o’yinga tayyorgarlik ko’ramiz.O’ylaymanki, ushbu tayyorgarliklarimiz oxirgi o’yinda ham samarasini beradi va qo’qonlik muxlislarni xursand qilamiz.