Zafarbek Akramov: “Qo’qon-1912″ jamoasi bosh murabbiyi bilan suhbatlashganimdan so’ng jamoaga kelishga qaror qildim”
the_title()

14.12.2023

 

🎤 Jamoamizning yangi futbolchisi Zafarbek Akramov bilan qisqa intervyu tashkil etdik. Intervyuda himoyachi “Qo’qon-1912” jamoasidan bo’lgan taklif, maqsad va qo’qonlik muxlislar haqida fikr bildirdi.

“Qo’qon-1912” jamoasiga jamoa bosh murabbiyi Muxsinjon Nizomiddinov taklif qildilar. Ular bilan gaplashganimdan so’ng “Qo’qon-1912” jamoasi bilan shartnoma imzolashga qaror qildim.

“Qo’qon-1912” jamoasidan tashqari yana bir qator klublardan takliflar bo’ldi, biroq menga aynan qo’qonliklarning taklifi ma’qul keldi. Men jamoaga Superliga yo’llanmasini qo’lga kiritishga yordam bermoqchiman.

Maqsadim yangi jamoam bilan katta natijalarga erishish. Menga “Qo’qon-1912” jamoasi rahbariyati va murabbiylarining ishonchi yoqdi.

Qo’qonlik muxlislarni qattiq xurmat qilaman, xudo xohlasa, muxlislar o’ylagan o’yini ko’rsatishga va ularning har birini ishonchini oqlashga harakat qilaman.

Shuningdek, kirib kelayotgan yangi yil bilan barchani tabriklab qolaman va “Qo’qon-1912” jamoasini kelasi yil Superliga yo’llanmasini qo’lga kiritishini istab qolaman.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО