Asadbek Zokirjonov: “Murabbiylar menga ishonch bildirishmoqda va men oʻzim istagan jamoada ekanligimni his qildim”
the_title()

19.12.2023

🎤Oʻtgan mavsumda ijarada asosida jamoamiz safida toʻp surgan Asadbek Zokirjonov klubimizning toʻlaqonli aʼzosiga aylandi va “Qoʻqon-1912” jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Yangi kelishuvdan soʻng biz futbolchimizdan qisqa intervyu olishga erishdik.

Jamoa meni juda yaxshi kutib oldi, biz bir oila kabi harakat qildik. Ikkinchi davrada barchasi yaxshi boʻldi. Bizga ozgina omad yetishmadi va oʻtish uchrashuvida magʻlub boʻldik.

“Qoʻqon-1912” jamoasidagi faoliyatimni davom ettirishga qaror qildim. Murabbiylar menga ishonch bildirishmoqda va men oʻzim istagan jamoada ekanligimni his qildim.

Nega 25 raqamda harakat qilaman?

Menga ushbu raqamda oʻynash yoqadi. Xudo xohlasa, Odil Ahmedov singari yaxshi darajadagi futbolchi boʻlib yetishaman.

Qoʻqon jamoasining muxlislari haqida…

Ular bizga ishonishlari va doim qoʻllab turishlarini xohlagan boʻlardim. “Qoʻqon-1912” jamoasining muxlislarida Oʻzbekistondagi eng zoʻrlaridan biri. Xudo xohlasa, kelasi yil ular bilan jamoani Superligaga chiqqanini nishonlaymiz.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО