Islom Abdullayev: “Qoʻqonlik muxlislar dunyodagi eng zoʻri”
the_title()

21.12.2023

🎤 Avvalambor Assalomu alaykum, hammaga kirib kelayotgan yangi yil muborak boʻlsin. Oʻtgan yilgi mavsumda “Qoʻqon-1912” jamoasining oʻyinlarini imkonim boricha toʻliq koʻrishga harakat qildim. Menimcha, jamoaga ozgina omad yetishmadi.

Legionerlik faoliyati haqida…

Bir yil davomida legioner boʻlib oʻynash nasib etdi, bunga yaratgandan minnatdorman. Borgan jamoamga qoʻlimdan kelganicha yordam berishga harakat qildim. Menimcha murabbiylar ishonchini oqladik deb oʻylayman.

Nega aynan “Qoʻqon-1912” jamoasi…

“Qoʻqon-1912” jamoasiga qaytishimdan avval Qirgʻiz Respublikasidan ham takliflar boʻldi, biroq “Qoʻqon-1912” jamoasidan yana taklif tushganidan soʻng ikkilanmasdan jamoaga qaytishga qaror qilim. Jamoaga qaytishimga jamoa rahbari va murabbiylari katta oʻrin tutishdi. Ular menga ishonch bildirishganidan xursandman. Xudo xohlasa, ularni ishonchlarini oqlayman degan umiddaman. “Qoʻqon-1912” jamoasiga qaytishimdan asosiy maqsad klubning kelajagiga ishonchim boʻldi. Shu sababli ham jamoa bilan uch yillik shartnoma imzoladim. Xudo xohlasa, kelasi yil Proliga chempioni boʻlib Superligaga qaytamiz.

Muxlislar haqida…

Ular birinchi navbatda yangi yil bilan tabriklab qolaman. Ularni qattiq hurmat qilaman. Men klubga ilk bor 2012 yilda kelgan boʻlsam, ular doim maksimal darajada bizni qoʻllab turishgan. Baʼzi odamlar eng zoʻr muxlislik Namangan yoki Andijonda deyishlari mumkin, biroq bizning muxlislar dunyodagi eng zoʻri. Xudo xohlasa, birgalikda kelasi yil Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritamiz.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО