Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
“Qoʻqon-1912” jamoasi afsonasi Aleksandr Merzlayakov bilan shartnomani uzaytirdi
the_title()

30.12.2023

Yangi 2024-yilgi mavsumda ham jamoamiz afsonasi va yetakchilaridan biri Aleksaandr Merzlyakov “Qoʻqon-1912” jamoasida qoladi. Kecha jamoamiz himoyachi bilan yangi bir yillik shartnoma imzoladi.

“Qoʻqon-1912” jamoasiga 2017-yilda kelib, koʻplab kuchli jamoalardan taklif boʻlishiga qaramasdan jamoamiz libosini hech bir klubga alishmagan Aleksandr Merzlayakovga kelasi mavsum omadli oʻtishini va “Qoʻqon-1912” jamoasi bilan birgalikda Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishini tilab qolamiz!

🎤 Jamoamiz bilan shartnomani uzaytirgan himoyachimiz kelasi mavsum haqida qisqa fikr bildirib oʻtdi.

“Birinchi navbatdagi barchaga kirib kelayotgan Yangi 2024-yil muborak boʻlsin. Kelayotgan yil barchaga omadli oʻtishini tilab qolaman. “Qoʻqon-1912” jamoasi bilan yangi shartnoma imzolaganimdan juda ham xursandman. Jamoa bilan sakkiz yildan beri birgaman va Qoʻqon men uchun ikkinchi uyimga aylanib qolgan deb aytsam xato boʻlmaydi. Kelasi yil “Qoʻqon-1912” jamoasi har tomonlama kuchayishiga harakat qilamiz va Pro ligada birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritamiz”,-dedi Merzlyakov.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1838
2Mash'al1835
3Sho'rtan1931
4Aral1928
5QO'QON019121927
6Xorazm1918
7Olimpik Mobiuz1915
8Do'stlik1911
U-21 биринчилиги
#КлубЎО