“Qo‘qon-1912” jamoasi yangi mavsumning birinchi yarmini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazadi
the_title()

25.02.2024

Xabaringiz bor, avvalroq “Qo’qon-1912” jamoasi uy o‘yinlarini vaqtincha Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida o‘tkazib turishi haqida xabar bergan edik. Biroq Yaypandagi stadion yangi mavsumga tayyor bo‘lmaganligi sababli jamoamiz vaqtinchalik uy uchrashuvlarini Farg‘onadagi muhtasham “Istiqlol” arenasida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu borada jamoamiz rahbariyati “Istiqlol” stadioni rahbariyati bilan shartnoma imzoladi.

Xabaringiz bor Qo‘qondagi “Markaziy” stadion maydoni to‘liq rekonstruksiya qilinib, maydonga yangi chim ekish ishlari olib borilmoqda.

Jamoamiz rahbariyati Qo‘qonlik muxlislarning  Farg‘onaga borib kelishlari uchun alohida avtobuslar qo‘yishni reja qilishgan.

Eslatib o’tamiz, jamoamizning Pro ligadagi ilk uy uchrashuvi 19-mart kuni “Buxoro”ga qarshi bo’lib o’tadi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО