Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
🔥 Nazorat uchrashuvi. Amaldagi chempionni mag’lub etdik
the_title()

28.02.2024

Bugun “Qo’qon-1912” jamoamiz Toshkentdagi yig’in doirasida “Paxtakor”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqasida Umar Adxamzoda hisobni ochdi. Shundan so’ng jamoamiz yaxshi harakat qildi va “Qo’qon-1912″ga yaqinda kelib qo’shilgan Andro Giorgadze hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, uchrashuvning birinchi bo’limi durang natija bilan yakunlandi. Ikkinchi bo’limda har ikki jamoa tarkibni to’liq o’zgartirdi. Bahs yakunida Doniyor Ismailovni raqib himoyachisi jarima maydonchasini ichida yiqitdi va hakam ikkilanmasdan 11 metrlik nuqtani ko’rsatdi. Penaltini esa Asliddin Toshtemirov aniq foydalandi. Bu uchrashuvdagi so’nggi gol bo’ldi va jamoamiz amaldagi chempionini 2:1 hisobida mag’lub etdi.

Shu tariqa, “Qo’qon-1912” jamoasining Toshkentdagi yig’ini yakunlandi.

PAXTAKOR – QO’QON-1912 1:2
Gollar: Umar Adxamzoda – Andro Giorgadze, Asliddin Toshtemirov.

Jamoamizning boshlang’ich tarkibi: Azizxon Isakov, Bobur Akbarov, Andro Giorgadze, Zafar Akramov, Zafar Hakimov, Iqboljon Malikjonov, Islombek Sharipov, Bekjon Jo’raboyev, Farxod Miraxmadov, Ibrohim No’monov, Sergey Petrov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirzoxid Jalilov, Asliddin Toshtemirov, Usmonali Abdukarimov, Aleksandr Merzlyakov, Asadbek Zokirjonov, Ibrohim Muxtorov, Mustafo Abdumannonov, Javohir Husanov, Muhammadyusuf Turdaliyev, Bobur Sobirov, Doniyor Ismailov.

“Paxtakor”: Pavel Pavlyuchenko, Behruz Asqarov, Muhammadrasul Abdumajidov, Dilshod Saitov, Umar Adhamzoda, Diyorbek Ortiqboyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Diyor Xolmatov, Doston Hamdamov, Dragan Cheran, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1QO'QON-1912510
1Xorazm510
3Mash'al59
4Buxoro59
5Aral57
6Sho'rtan55
7Olimpik Mobiuz54
8Do'stlik50
U-21 биринчилиги
#КлубЎО