Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Muhsinjon Nizomiddinov: “Uchrashuv davomida 30-40 daqiqa futbol o’ynadik, xolos”
the_title()

10.05.2024

Pro liganing 7-turidan o’rin olgan “SHo’rtan” – “Qo’qon-1912” (1:0) uchrashuvidan so’ng jamoamiz bosh murabbiyi Muhsinjon Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O’yin haqida

– Barchani “Xotira va qadrlash kuni” bilan tabriklayman. O’yinga keladigan bo’lsak, 30-40 daqiqa o’ynadik, undan uyog’iga futbol o’ynamadik.

– 30-40 daqiqa bu “Qo’qon-1912” tomonidan futbol o’ynalgan vaqtmi?

– Umumiy o’yin haqida gapirdim. Birinchi bo’limda yaxshi futbol bo’ldi. Ikkinchi bo’limda “SHo’rtan” ham natija uchun o’ynadi. Uchrashuv davomida to’xtalishlar juda ko’payib ketdi.

– “SHo’rtan” deyarli 40 daqiqa davomida 1 kishi kam o’ynadi. Bir kishilik ustunlikka ega bo’lib ham jamoangiz gol ura olmaganiga sabab nima?

– Birinchi bo’limda yaxshi futbol bo’ldi. Bizda golli vaziyatlar yuzaga keldi, foydalana olmadik. Ikkinchi bo’limda “SHo’rtan” bir kishi kam bo’lib qoldi va chuqur himoyaviy uslubga o’tdi. Bundan tashqari, mezbonlar o’yinning qolgan qismida vaqt cho’zishga ko’proq etibor qaratishdi.

– Oldinda “Buxoro” va “Xorazm”ga qarshi o’yinlar kutib turibdi. Bugungi natija ushbu o’yinlar oldidan ortiqcha bosimni keltirib chiqarmaydimi?

– Futbolda shunaqa, bazan yaxshi o’ynab ham yutqazasiz. Qo’limizni tushirmaymiz, har bir o’yinga jiddiy va asosiy maqsadni ko’zlagan holda tayyorlanishda davom etamiz. Uzoq yo’l bosib kelib, bizni qo’llab-quvvatlagan muxlislardan uzr so’rayman.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1838
2Mash'al1835
3Sho'rtan1931
4Aral1928
5QO'QON019121927
6Xorazm1918
7Olimpik Mobiuz1915
8Do'stlik1911
U-21 биринчилиги
#КлубЎО