Muxsinjon Nizomiddinov: “Maqsadimiz oʻzgarmagan — biz superliga uchun kurashni davom ettiramiz”

02.06.2024

“Sho’rtan”ga qarshi bahsdan so’ng jamoamiz ustozi Muxsin Nizomiddinov o’z fikrlarini bildirib o’tdilar.

Assalomu alaykum, barchaga. Oʻyini barcha koʻrdi, uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan hujum qildik, yetarli darajada vaziyatlar yaratdik, afsuski bizga soʻnggi uchrashuvlarda omad yetishmayapti. “Doʻstlik”ka qarshi uchrashuvdan soʻng bir hafta davomida yaxshi tayyorgarlik koʻrdik, futbolchilarga kerakli vazifalarni berdik, biroq bugun ham nimadir yetishmadi. Hujum qilib turib, oʻzimizning xatolarimiz evaziga gollar oʻtkazib yubormoqdamiz.

Futbolchilar ham maksimal darajada oʻynashga intilishmoqda, biroq ularning darajasi ham shu ekan. Biz mavsum boshida yoshlar bilan ishlashni maqsad qilgandik, ularga imkon berdik, ammo ular koʻp hollarda bu imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Davralar oraligʻida baʼzi narsalarni oʻzgartiramiz va kerakli natijalarga erishishga harakat qilamiz.

Davralar oraligʻida tarkibni kuchaytirish boʻyicha ishlar olib boramiz. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun maksimal darajada harakat qilamiz.

Maqsadimiz oʻzgarmagan — biz superliga uchun kurashni davom ettiramiz.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО