Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Bahrom Haydarov — “Qo‘qon-1912” jamoasining yangi bosh murabbiyi
the_title()

05.07.2024

 

Bugun “Qo‘qon-1912” jamoasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ishda jamoamizda katta murabbiy sifatida faoliyat olib borgan Bahrom Haydarov bosh murabbiy etib tayinlandi.

Endilikda unga “Lokomotiv” klubi yoshlar jamoasida faoliyat olib borgan Aripov Rustam Abdurasulovich yordam beradi. Rustam Aripov Bahrom Haydorov bilan “Surxon” jamoasida ham birgalikda faoliyat olib borgani qayd o’tish lozim. Shuningdek, Rahmatjon Inog‘omov ham murabbiylar shtabida faoliyatini davom ettiradi. Xurshid Xo‘jayev esa bundan buyog‘iga darvozabonlarimiz bilan ishlaydigan bo‘ldi.

Shu vaqtga qadar jamoamizda faoliyat olib borgan jamoamiz bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov, darvozabonlar murabbiyi Andrey Baklanov va sport direktori Abduvahob Ahmadaliyev bilan do‘stona xayrlashildi.

Yuqorida nomi keltirilgan mutaxassislarga jamoamizdagi faoliyatlari uchun katta minnatdorlik bildiramiz.

Bahrom Haydarovga mavsumning qolgan qismida ulkan zafarlar tilaymiz va bosh murabbiyimiz boshchiligida oldimizga qo’yilgan vazifani bajarishimizga ishonamiz.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1838
2Mash'al1835
3Sho'rtan1931
4Aral1928
5QO'QON019121927
6Xorazm1918
7Olimpik Mobiuz1915
8Do'stlik1911
U-21 биринчилиги
#КлубЎО