Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Bahrom Haydarov: “Sun’iy maydon bahona bo‘lishi kerak emas”
the_title()

22.08.2024

Pro-liganing 17-turidan o‘rin olgan “Aral” – “Qo‘qon-1912” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida

– To‘g‘risini aytganda bugungi o‘yinga 3 ochko uchun kelgandik. Nukusda “Aral”ga qarshi o‘ynash oson emas. Bunday maydonda o‘ynash qiyinchilik tug‘diradi. Biroq bu bahona bo‘lishi kerak emas. Yutishni istagan jamoa g‘alaba uchun harakat qilishi kerak. O‘yinimiz chiqmadi. Hisob adolatli deb o‘ylayman, chunki har ikki jamoada ham g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoqni ko‘rganim yo‘q.

– Maydon haqida fikringiz qanday?

– Albatta sun’iy maydon aytib o‘tganimdek, bahona bo‘lishi kerak emas. “Aral” jamoasi bu maydonga bizdan ko‘ra yaxshiroq moslashgan. Lekin g‘alabani istagan jamoa shunga yarasha harakat qilishi kerak. Ishtiyoq bo‘lsa, yutib ketsa bo‘ladi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Buxoro1838
2Mash'al1835
3Sho'rtan1931
4Aral1928
5QO'QON019121927
6Xorazm1918
7Olimpik Mobiuz1915
8Do'stlik1911
U-21 биринчилиги
#КлубЎО