Haydarov: “Xorazm”ga gol urish oson emas”
the_title()

28.08.2024

Pro-liganing 18-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Xorazm” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

– Avvalo g‘alaba bilan klubimiz rahbariyati, jamoamiz a’zolari va muxlislarni tabriklayman. Ko‘rdinglar, og‘ir o‘yin o‘tkazdik. “Xorazm” jamoasiga gol urish oson bo‘lmayapti. Jamoa birinchi davradagidan ko‘ra hozir anchayin o‘sgan. O‘sha “Buxoro” bilan o‘yinda ham bu jamoa 1 kishi kam o‘ynaganiga qaramasdan deyarli so‘nggi daqiqalarga qadar durang hisobni ushlab turgandi. Shu bois bizga ham bugun oson bo‘lmadi.

– Ismoilov va Zokirjonovlar tarkibda ko‘rinmayotganiga sabab nima?

– Doniyor Ismoilovda jarohat bor. Ayni damda unga tiklanib olish uchun vaqt kerak. Zokirjonov ruhan tayyor emas, o‘yinlar mobaynida tayyorlab boramiz. Undan umidimiz katta.

– Sunnatillo Poyonov hujumda ham, himoyada ham faollik namoyish etmoqda. Shu haqida fikringiz?

– Poyonovni qanot himoyasida o‘ynatish uchun olgandik. Biroq, u davralar oralig‘ida tashkil etilgan o‘rtoqlik o‘yinlarida o‘zini har tomonlama ko‘rsatdi. Universal futbolchi, vaziyatga qarab Poyonovni hujumda va himoyada sinab ko‘rayapmiz.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО