Bahrom Haydarov: “Durangni yomon natija deb hisoblayman”
the_title()

25.09.2024

Pro liganing 21-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” – “Qo‘qon-1912” (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

– Hisob 1:1 ko‘rinishda bo‘lishi qaysidir ma’noda adolatli natija. Lekin “Sho‘rtan” ham, biz ham yutib ketishimiz mumkin bo‘lgan o‘yin edi. Vaziyatlarni yakunlashda mahorat yetishmayapti. Ikki jamoa ham teng o‘yin ko‘rsatdi. Birinchi bo‘limda faollik biz tomonda bo‘ldi, goldan so‘ng shu ruhda davom eta olmadik. Bizga har bir o‘yinda 3 ochko kerak, chunki ayni damda turnir jadvalida 5-o‘rindamiz. Durangni yomon natija deb hisoblayman.

– Gol o‘tkazib yuborish jismoniy holat bilan bog‘liqmi yoki jamoa g‘alaba qozondik degan ruhiyat bilan o‘ynadimi?

– Jismoniy holatimiz juda zo‘r bo‘lmasa ham, harxolda yaxshi. Hozirgi vaziyatda yomon emas. Oxirgi daqiqalarga qadar hujumkor o‘ynadik. Gol o‘tkazib yuborish indivudial xatolar evaziga yuzaga keldi. Shuning natijasida asabiylik kuzatildi.

– Bugungi durang jamoa maqsadlariga yetishish yoki yetishmasligi uchun qanchalik ta’sir ko‘rsatadi?

– Bir tomondan bugun “Sho‘rtan” g‘alabaga erishganida bizdan anchayin o‘tib ketardi. Safarda “Sho‘rtan” bilan o‘yinda ochko olish yomon natija emas aslida. Lekin biz har o‘yinda 3 ochko olsak, maqsadga erishamiz. Duranglar ham biz uchun yomon natijaga aylanib qolayapti. Hali imkoniyatimiz bor. Oldindagi tur o‘yinlarida jiddiy kurashamiz.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Xorazm26
2OKMK26
3Navbahor24
4Bunyodkor24
5Dinamo24
6Nasaf24
7Buxoro23
8Qizilqum23
9Neftchi22
10Andijon22
11Qo'qon-191222
12Paxtakor10
13Mash'al10
14Sho'rtan20
U-21 биринчилиги
#КлубЎО