17.10.2024
Ertaga “Qo’qon-1912” 🔵 jamoasi Pro liganing 23-turida 🔵”Buxoro”ga qarshi maydonga tushadi. Jamoalar shu kunga qadar chempionat bahslarida jami 33 ta uchrashuvda to’qnash kelishgan.
O’zaro uchrashuvlarning 11 tasida jamoamiz g’alaba qozongan. “Buxoro” jamoasi esa 17 tasida zafar quchgan. Yana 5 ta bahsda jamoalar durang o’ynashgan. To’plar nisbati 57-43 raqibimiz foydasiga.
Buxoroliklar 56 ochkoni qoʻlga kiritishgan. “Qoʻqon-1912” ochkosi 38 tani tashkil etadi.
Ertangi “Buxoro” – “Qo’qon-1912” o’rtasidagi bahs 15:00 da “Do’stlik” stadionida boshlanadi