12.11.2024
Ikkinchi davrani ko’tarinki ruhda davom ettirayotgan “Qo’qon-1912” jamoasining mag’lubiyatsiz seriyasi 10 ta uchrashuvga yetdi. Bahrom Haydarov shogirdlari ikkinchi davradagi 12 ta uchrashuvning 6 tasida g’alaba qozondi, 5 ta uchrashuvda durang o’ynadi va atigi 1 ta bahsda mag’lub bo’ldi.
Shuningdek, jamoamiz so’nggi 10 ta uchrashuvda mag’lub bo’lmayapti. “Shunqorlar” so’nggi marta 15-avgust kuni mag’lub bo’lishgan. Shundan so’ng jamoamiz 10 ta uchrashuvda 5 ta g’alaba va 5 ta durang natijasini qayd etishdi.
Jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 21-oktyabr kuni “Do’stlik”ka qarshi “Paxtakor” stadionida bahs olib boradi.
🔥 Umid qilamizki, “QO’QON-1912” jamoasi navbatdagi uchrashuvlarda ijobiy natijalar qayd etib, Superliga yo’llanmasini qo’lga kiritadi.