Shaxzod Beshimov bilan kelishuv ikki yilga uzaytirildi
the_title()

14.12.2024

Jamoamizni Superligaga olib chiqishda katta hissasini qo’shgan hujumchimiz Shaxzod Beshimov yaqin ikki yil jamoamiz safida qoladi. Hujumchi bilan 2026 yilning oxiriga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolandi.

🎙Shu munosabati bilan jamoamiz matbuot xizmati Shaxzod Beshimovdan qisqa intervyu oldi.

“Mavsum yaxshi o’tdi deb o’ylayman. Oldimizga qo’ygan vazifani bajardik. Superliga yo’llanmasini qo’lga kiritdik.

Mavsum yakunlanganidan so’ng jamoa rahbariyati va murabbiylari bilan uchrashdim. Ular meni keyingi mavsumda ham jamoada ko’rishayotganini va “Qo’qon-1912″ga kerak ekanligimni aytishdi. Ular menga katta ishonch bildirishdi. Superligada ko’plab gollar urib, jamoamga foyda keltirishga harakat qilaman. Yaxshi natijalar bilan muxlislarni xursand qilmoqchiman. Keyingi yil o’z oldimga Superliga to’purarlaridan biri bo’lishni reja qilganman.

Umid qilamanki, keyingi mavsumda ajoyib o’yinlar bilan muxlislarni yanada xursand qilaman, – deb fikrini yakunladi mahoratli hujumchimiz.

🔥 Shaxzod Beshimovni jamoamiz bilan yangi shartnoma imzolagani bilan tabriklab qolamiz!

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО