Jasurbek Yoqubov: ” Taklifni o’ylab o’tirmasdan, rozi bo’ldim”
the_title()

20.01.2025

Superligaga qaytgan “Qoʻqon-1912” jamoasi yangi mavsumga qizgʻin hozirlik olib bormoqda.

“Shunqorlar” yaqinda mudofaa chizigʻidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida Jasurbek Yoqubovni taklif qildi va tomonlar rasman shartnoma imzoladi. Biz esa uning yangi jamoasidagi fikrlarini tingladik.

“Jamoadagilar menga begona emas. Bahrom Haydarov, Rustam Aripov bilan birga ”Surxon“da ishlaganmiz. Ularning taklifini oʻylab oʻtirmadim. Sababi Qoʻqon oʻzimni uyim. Bir necha yil oldin toʻp tepib ketganman. Oʻshandan keyin ”Paxtakor“, ”Bunyodkor“, ”Soʻgʻdiyona“ kabi jamoalarda oʻynadim. Oʻylaymanki, hammasi yaxshi kechdi. Faqat oʻtgan yili ikkinchi davrada jarohat oldim. Hozirda jamoa bilan mashgʻulotlarni boshladim. Shu biroz qiyinchilik tugʻdirdi. Nasib qilgan ekan yana Qoʻqondaman.

Jamoamiz Superligaga qaytdi. Lekin bu degani jon saqlash uchun kurashadi degani emas. Maqsadimiz faqat oldinga intilish. Yuqori va munosib oʻrinlarga harakat qilamiz. Jamoa yomon emas, ahil oila yigʻilgan. Mavsum startigacha bir-birimizni tushunib olamiz. Hozir asosan jismoniy yuklama olyapmiz. Har tomonlama tayyor boʻlamiz”,- deydi Jasurbek Yoqubov.

Manba. Championat.asia

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО