Ўзбекистон футболи
Жаҳон футболи
Фарғона футболи
FC Qo'qon

Создайте свою визитку
Superliganing dastlabki ikki tur sanalari aniq bo‘ldi
the_title()

06.02.2025

1-fevral kuni Superliganing yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgandi. 4-fevral kuni esa Paxtakor Elit Chempionlar ligasi doirasida maydonga tushdi.

Liga mavsum 7-mart kuni start olishini o‘tgan yilning oktyabr oyida ma’lum qilgandi. Dastlabki ikki tur sanalarining to‘liq aniq bo‘lishi masalasi Paxtakor klubining xalqaro maydondagi natijasiga, shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasining mart oyidagi yig‘iniga bog‘liq bo‘lib turgandi. Boisi, Paxtakor Chempionlar ligasining 1/16 final bosqichiga yo‘l olsa, mart oyining dastlabki ikki haftasida 2 ta xalqaro o‘yinida ishtirok etishi lozim. Shuningdek, O‘FA Ligaga aloqaga chiqib, 2-turdan o‘rin olgan ayrim uchrashuvlarni FIFA kuniga taqamaslikni so‘radi.

Liga sana belgilayotganda Paxtakor’ning ehtimoliy navbatdagi bosqichga yo‘llanma olishidan kelib chiqib, mavsumni aynan shu klub ishtirokidagi o‘yin bilan boshlashga qaror qildi. Shuningdek, klubning 2-turdagi raqibi OKMK ishtirokidagi bellashuv ham 7-mart sanasiga to‘g‘ri keldi. O‘z-o‘zidan qolgan 6 bellashuv dam olish kunlariga taqsimlandi.

Shuningdek, 2-tur o‘yinlarini belgilashda O‘FA taklifidan ham kelib chiqildi. Mart oyi milliy terma jamoaning kelgusi taqdirida muhim palla hisoblanadi. Faqatgina OKMK — Paxtakor uchrashuvi sanasida to‘liq qaror qabul qilishning imkoni bo‘lmadi. Paxtakor Chempionlar ligasida navbatdagi bosqichga yo‘llanma olsa, u Superliganing 2-turini 16-mart kuni o‘tkazadi. Agar klub Al-Sadd bilan o‘yinda o‘zi uchun kerakli natijaga erisha olmasa, mazkur to‘qnashuv 14-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Liga mart oyidagi FIFA kunlaridan keyingi taqvimni ham ishlab chiqmoqda. Bunda CAFA o‘tkazishi mumkin bo‘lgan klublar o‘rtasidagi musobaqa ham inobatga olinishi lozim. Biroq ayrim masalalar to‘liq hal etilmaganidan kelib chiqib, mazkur musobaqa sanalarida ham yakuniy to‘xtamga kelinmagan. Ishonamizki, jamoatchilik Liga qarshisida turgan vaziyatni to‘g‘ri talqin qiladi.

photo_2025-02-06_14-18-56 photo_2025-02-06_14-18-52

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Andijon00
1Bunyodkor00
1Buxoro00
1Dinamo00
1Mash'al00
1Nasaf00
1Navbahor00
1Neftchi00
1OKMK00
1OKMK00
1Paxtakor00
1Qizilqum00
1Qo'qon-191200
1So'g'diyona00
U-21 биринчилиги
#КлубЎО