12.02.2025
“Hokim kubogi-2025” musobaqasining chorak finalida “Qo’qon-1912” U-21 jamoasi “Beshariq”qa qarshi bahs olib bordi. Shiddatli kechgan bahsda o’rinbosarlarimizga ozgina tajriba yetishmadi va 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu musobaqa “Qo’qon-1912” U-21 jamoasi uchun yaxshi tajriba musobaqasi bo’ldi va jamoamiz U-21 birinchiligida munosib ishtirok etish uchun harakat qiladi.
“Hokim kubogi-2025”, chorak final
“Beshariq” – “Qo’qon-1912” U-21 2:1
Gollar: Aziz Ilhomjonov, Dilshod Umirzoqov – Asadullo Sobirov
“Qo’qon-1912”: Hamzaxon Xo’jayev, Samandar Yusupov, Omad Abdurahimov, Mirjavlon Abdullayev, Muhammadyusuf To’ychiyev, O’riboy Muhammedov (Mirjalol Anvarov), Tohir Yo’ldoshev (Bilol Abdullayev), Ayubxon Muxtorov, Asadullo Sobirov, Diyorbek No’monov (Laziz Erkinov), Hayotjon Mamatov.