12.02.2025
Jamoamiz rahbariyati Qoʻqondagi markaziy stadionni PFL talablari asosida qayta taʼmirlash ishlarini jadallik bilan olib borishmoqda. Maydon chimi, drenaj tizimi, va avtomat sugʻorish tizimlari hozirgi kunda barcha talablarga javob beradigan holga keltirilgan. Shuning stadion yoritgichlarini 2 000 lyuksga yetkazish uchun yana qoʻshimcha projektorlar olib kelib oʻrnatilmoqda. Zaxira oʻrindigʻi va kiyim almashtirish xonalaridagi joylar soni kengaytirildi. Kiyim almashtirish xonalari va yoʻlaklar sport releniumi bilan qoplanmoqda. Stadiondagi hisobni aks ettiruvchi elektron tablo yaqin kunlarda yangisiga almashtiriladi. Bu borada kelishuv amalga oshirildi. Stadion oʻrindiqlarining yaroqsiz holatga kelganlari yangilariga almashtirilib, stadionimizdagi joriy taʼmirlash ishlari soʻnggi pallasiga yaqinlashdi.
“Qoʻqon-1912” jamoasi kelayotgan mavsumni oʻz maydonida oʻtkazish uchun barcha ishlar amalga oshirilyapti.