Baxtiyor Qosimov: “Qoʻqon-1912” jamoasiga oʻtishimga asosiy sabab murabbiylarning ishonchi boʻldi”
the_title()

18.02.2025

 

Jamoamizga yangi kelib qoʻshilgan mahoratli futbolchi Baxtiyor Qosimov matbuot xizmatimizga qisqa intervyu berdi.

“Qoʻqon-1912” variant qanday paydo boʻldi. Nima uchun “Qoʻqon-1912” jamoasini tanladingiz?

Assalomu alaykum barchaga. “Qoʻqon-1912” jamoasiga oʻtishimga asosiy sabab murabbiylarning ishonchi boʻldi. Ular menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Oldimda bir qator takliflar bor edi. “Qoʻqon-1912” jamoasi oldiga qoʻygan rejalari va maqsadlarini meni qiziqtirdi va shu sababli “Qoʻqon-1912” jamoasining taklifini qabul qildim. Qoʻqonda oʻziga yarasha ajoyib muxlislar bor. Qoʻqonliklar futbolni yaxshi koʻrishadi.

Jamoaga koʻnikish qiyinchilik tugʻdirmadimi?

Jamoaga kirishib ketishim juda oson kechdi. Bu yerdagi muhit meni yaxshi maʼnoda hayron qoldirdi. Baʼzi futbolchilar bilan avval ham birga harakat qilganmiz. “Qoʻqon-1912” jamoasiga moslashuvim ancha tez kechdi deb bemalol ayta olaman.

Uzoq tanaffusdan soʻng yana Vodiy jamoasiga oʻtdingiz. Vodiy jamoalarining Respublikaning boshqa jamoalaridan farqlanib turuvchi xislatlari bormi?

Vodiy jamoalarining muxlislarining asosiy farqi ular juda qattiq futbolni va oʻz jamoalarini yaxshi koʻrishadi. Har bir muxlis chin yurakdan jamoasi uchun qaygʻuradi. Oʻtgan yilgi chempionatda barcha guvoh boʻldiki, vodiy muxlislari Superliga uchrashuvlarini haqiqatdan yanada qiziqarli qilib berishdi. Bu yil Superliga “Qoʻqon-1912” jamoasi ham qoʻshildi. Bizning muxlislar ham vodiyning boshqa jamoalarining muxlislaridan kam emas. Raqobat futbolchilar orasida qanchalik yaxshi boʻlsa, muxlislar oʻrtasida ham raqobat boʻlgani yaxshi. Shunda stadionlarimizga yanada ajoyib muhit taqdim etiladi. Barcha “Qoʻqon-1912” jamoasiga befarq boʻlmagan muxlislarni yangi mavsumda xursand qilishga harakat qilamiz.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО