26.02.2025
Qishki transfer oynasining so’nggi kunida “Qo’qon-1912” jamoasi navbatdagi futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Jamoamizga kot-dʻIvuarlik hujumchi Amed Kobena kelib qo’shildi. Kelishuv bir yilga mo’ljallangan bo’lib, hujumchining so’nggi jamoasi Xitoyning “Dandong Tengyue” klubi hisoblanadi.
Hujumchimiz 1997-yilda tug’ilgan. Kobena faoliyati davomida Xitoydan tashqari, Oman va Kot-dʻIvuar chempionatlarida ham faoliyat olib borgan.
Amedning klubimizdagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!