Qo‘qon-1912 Superliga ilk turida Andijon klubini o‘z maydonida qabul qiladi
the_title()

03.03.2025

Qo‘qondagi stadion maydoni, uning sug‘orish va drenaj tizimi avvalroq yangilangan edi. Ayni vaqtda maydon futbol uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor.

Biroq stadion yoritish tizimi, maydon atrofiga yozilishi kerak bo‘lgan qoplama masalasida ish kechikkanidan kelib chiqib, Liga Qo‘qon-1912 stadionini Superliga uchun qabul qilmagandi. Fevral oyi davomida klub rahbariyati mazkur masalalarni hal qilishga erishdi. Shundan kelib chiqib, Liga stadionni Superliga bellashuvlari uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, Qo‘qon-1912 Superligaga qur’a tashlash marosimi oldidan majburiy ravishda Farg‘onadagi Istiqlol stadionini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, mazkur holat Liga xavotiriga sabab bo‘layotgandi. Boisi, Istiqlol stadionida Neftchi va FarDU jamoalarining to‘p surishi avvaldan rejalashtirilgan bo‘lib, Qo‘qon-1912 klubi oldiga Superliga 3-turiga qadar stadiondan chiqib ketish talabi qo‘yilgandi. Qo‘qon shahridagi stadionning ochilishi esa Istiqlol stadioniga tushadigan zo‘riqishni normallashtiradi.

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО