Qoʻqon-1912” — “Shoʻrtan” oʻzaro oʻyini uchun PREVYU
the_title()

26.03.2025

Ertaga 🔵 “Qo’qon-1912″ ⚽️ Superliganing 3-turida 🔵”Sho’rtan” jamoasini mehmon qiladi. Jamoalar o’tgan mavsum Pro ligada o’zaro to’rtta uchrashuvda maydonga tushishgandi. Umuman olganda esa jamoalarning chempionat bahslaridagi 12 to’qnashuvi bo’ladi. O’zaro uchrashuvlardagi statistika bizning foydamizga. 12 ta bahsning teng yarmida jamoamiz g’alaba qozonishni uddalagan. Uchta bahsda g’uzorliklarning qo’li baland kelgan bo’lsa, yana uchta bahsda durang qayd etilga. Toʻplar nisbati esa 21-16 jamoamiz foydasiga.

❗️ “Qo’qon-1912” – “Sho’rtan” o’rtasidagi so’nggi beshta uchrashuvda qayd etilgan natijalar:

27.11.2024. “Qo’qon-1912” – “Sho’rtan” 1:1
24.09.2024. “Sho’rtan” – “Qo’qon-1912” 1:1
25.06.2024. “Qo’qon-1912” – “Sho’rtan” 0:3
09.05.2024. “Sho’rtan” – “Qo’qon-1912” 1:0
03.08.2023. “Qo’qon-1912” – “Sho’rtan” 2:1

Ertaga bo’lib o’tadigan uchrashuvni 📣Temurbek To’xtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

🔵 “Qoʻqon-1912” — “Shoʻrtan”🔵
27.03.2025, 19:30
📣 Bosh hakam: Temurbek Toʻxtasinov
🇺🇿 Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Shavkatov Baxtiyorxoʻja
🔄 Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
😗 Nazoratchi: Aleksandr Popov
📺 VAR: Ilgiz Tantashev
📺 AVAR: Andrey Sapenko
⚽️ Komissar: Vladimir Nazarov

Uchrashuv 19:30 da 🏟 “Markaziy” stadionda start oladi. Bo’lajak bahsga barcha muxlislarni taklif qilib qolamiz!

Coca Cola Суперлига
#КлубЎО
1Bunyodkor410
2OKMK410
3Nasaf48
4Dinamo48
5Buxoro46
6Andijon46
6Neftchi46
6Xorazm36
9Navbahor45
10Paxtakor43
11So'g'diyona43
12Qizilqum33
13Qo'qon-191243
14Surxon43
U-21 биринчилиги
#КлубЎО